"Islom Qo'mitasi" raisi Haydar Jamol vafot etdi

Haydar Jamol Image copyright courtesy
Image caption Haydar Jamol televidenieda islomiy ko'rsatuvlarni olib borgan

Rossiya "Islom Qo'mitasi" raisi Haydar Jamol 70 yoshida olamdan o'tgan.

Bu haqda uning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida xabar qilingan.

"Bugun tunda Ollohning mehribonligi bilan Haydar Jamol dunyo hayotidagi safarini yakunladi. Olloh uning amallarini qabul qilsin va Firdavs bog'lariga doxil aylasin", deb yozilgan Haydar Jamolning "Facebook" dagi sahifasida.

Yaqinlariga ko'ra, Jamol Olma-Otadagi shifoxonada uzoq davom etgan xastalikdan so'ng hayotdan ko'z yumgan.

Haydar Jamol 1947 yil 6 noyabrda Moskvada tug'ilgan.

1965 yilda Moskva Davlat Universiteti qoshidagi Sharq tillari institutiga kirgan, ammo ko'p o'tmay o'qishdan haydalgan.

1995 yilda "Islom Qo'mitasi mintaqalararo jamoatchilik harakati"ga asos solgan va unga rahbarlik qilgan.

Haydar Jamol Rossiyadagi eng ko'zga ko'ringan Islom olimi va faylasuflaridan biri bo'lgan.

U televidenieda islomiy ko'rsatuvlarni olib borgan.

BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - uzbekbbclondon

bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring