Putin Mirziyoyevni g'alaba bilan tabrikladi

Vladimir Putin Shavkat Mirziyoyev Image copyright Reuters
Image caption Putin Mirziyoyevni Rossiyaga taklif qilgan

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Shavkat Mirziyoyevni O'zbekiston Prezidenti etib saylangani munosabati bilan telefon orqali tabriklagan.

Shu tariqa Putin Mirziyoyevni tabriklagan birinchi xorijiy davlat rahbari bo'lgan.

Kreml matbuot xizmatining bildirishicha, Putin Mirziyoyevni Rossiyaga taklif qilgan va "taklif mamnuniyat bilan qabul qilingan".

Putin shuningdek, Mirziyoyevga tabrik telegrammasi ham yo'llagan.

O'zbek tomoni telefon muloqoti Rossiya tomoni tashabbusi bilan bo'lib o'tganini ham qo'shimcha qilgan.

"O'zbekiston va Rossiya rahbarlari strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini, shuningdek, ikki tomonlama aloqalarga doir barcha sohalarda hamda dolzarb xalqaro va mintaqaviy masalalar bo'yicha ishonchli, ochiq va konstruktiv davlatlararo muloqotni izchil davom ettirish va jadal rivojlantirishga qat'iy tayyor ekanliklarini bildirdilar", - deyiladi rasmiy xabarda.

O'zbek tomonining rasmiy xabarida Putinning Mirziyoyevni Rossiyaga taklif qilgani haqida hech narsa deyilmaydi.

Hozirgacha janob Mirziyoyevning ilk xorijiy safarni qaysi davlatga amalga oshirishi ma'lum emas.

U marhum Islom Karimov olib borgan "ko'p qirrali" tashqi siyosatni davom ettirishga va'da bergan va O'zbekiston hududida xorijiy harbiy bazalarning joylashtirilishiga ruxsat berilmasligini ta'kidlagan.

Ammo Rossiya matbuoti Mirziyoyevni "Rossiyaning odami" deb hisoblaydi.

Hukumat portalining xabar berishicha, dushanba kuni Shavkat Mirziyoyev Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon bilan ham telefon muloqoti o'tkazgan.

Rahmon Mirziyoyevni "ishonchli g'alabani qo'lga kiritgani bilan tabriklagan".

BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - uzbekbbclondon

bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring