O'zbekiston 27 davlatga vizani bekor qiladi

Shahrisabzdagi hunarmandlar sayyohlarga muhtoj
Image caption Shahrisabzdagi hunarmandlar sayyohlarga muhtoj

O'zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev imzo chekkan farmon sayyohlikni rivojlantirish va mamlakatga ko'proq mehmonlarni jalb etishni ko'zda tutadi.

Kelasi yil 1 aprelidan e'tiboran 27 davlat fuqarolari O'zbekistonga bir oy muddatga vizasiz kela oladilar.

Bu davlatlar: Avstraliya, Avstriya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Daniya, Ispaniya, Italiya, Kanada, Lyuksemburg, Niderlandiya, Koreya Respublikasi, Singapur, Finlyandiya, Shveytsariya va Yaponiya.

Shuningdek, Belgiya, Indoneziya, Xitoy, Malayziya, AQSh, Frantsiya, V'etnam, Isroil, Polsha, Vengriya, Portugaliya va Chexiya fuqarolari agar 55 yoshga to'lgan bo'lishsa, viza olmasdan O'zbekistonga safar qila olishadi.

Ular O'zbekistonga kirayotganda 50 AQSh dollari hisobida davlat boji to'laydilar xolos.

O'tgan 2 dekabrda imzo chekilgan farmonga binoan, viza olishi kerak bo'lgan boshqa davlat fuqarolari uchun ham jarayon ancha osonlashtirilgan.

Xususan, barcha uchun yagona 30 kunlik viza joriy etiladi.

Tranzit viza berish amaliyotlari soddalashtiriladi. Xorijiy mutaxassislarning O'zbekistonda ishlash ruxsatnomasi olishi ham yengillashtiriladi.

Ayni damda, nafaqat Toshkent, balki Samarqand, Buxoro va Urganch shaharlaridagi xalqaro aeroportlarda ham yo'lovchilarning chegara va bojxonadan o'tish hamda yuklarni olish jarayonlari osonlashtiriladi.

O'zbekiston tarixiy shaharlar va qadimiy obidalarga boy mamlakat. Shuningdek, tranpsort tizimi ham yaxshi shakllangan.

Lekin qog'ozbozlik va viza hamda tranzit viza olish qiyinligi, bojxonalardagi aql bovar qilmas shartlar bois O'zbekiston katta sonda sayyohlarni tortishga ancha qiynalgan.

Qator G'arb davlatlari fuqarolari Qirg'izistonga 3 oygacha vizasiz safar qilishlari mumkin.

Qozog'iston ham aksar G'arb va rivojlangan Osiyo mamlakatlari uchun sayyohlik vizalarini bekor qilganiga bir yildan oshmoqda.

Ayni damda, qo'shni tojikistonliklar ham O'zbekiston bilan o'rtadagi viza tizimi bekor bo'lishidan umidvorlar. Hozircha Tojikiston uchun viza tartibi faqat yengillashtirilishi mumkinligi haqida xabarlar chiqqan, xolos.

Turkiya ham O'zbekiston fuqarolari uchun vizani bekor qilgan, biroq O'zbekiston turkiyaliklar uchun vizani bekor qilmagan.

So'nggi o'zgarishlari manzarasida esa O'zbekiston balki Turkiya vatandoshlari uchun viza talabini bekor qilishi mumkin degan xabarlar chiqqandi.

BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - uzbekbbclondon

bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring