"Prezident Shavkat Mirziyoyevning ilk safari Rossiyaga bo'ladi"

Putin va Mirziyoyev Image copyright Reuters
Image caption Putin va Mirziyoyev

O'zbekistonning yangi saylangan prezidenti Shavkat Mirziyoyevning ilk davlat safari Rossiyaga bo'lishi haqida "Izvestiya" gazetasi yozdi.

Buning ortidan prezident Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov ham Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Rossiyaga kelishini xush qarshilashi xaqida aytdi.

"Izvestiya" gazetasiga ayni xabarni "O'zbekiston hukumatidagi yuqori lavozimli manba" ham tasdiqlagan.

Gazetaga ishoniladigan bo'lsa, O'zbekistonda Mirziyoyevning kelasi yil qish yoki bahor oylariga mo'ljallanayotgan safari tayyorgarlik boshlanib ketgan.

4 dekabrda 88.61 foiz bilan prizidentlikka saylangan Shavkat Mirziyoyevning rasman qasamyod qilish marosimi uchun hali aniq kun belgilanganicha yo'q.

Shuningdek, O'zbekistonning rasmiy axborot agentliklari Mirziyoyevning Moskvaga safari haqida xabar berishmagan.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Shavkat Mirziyoyevni saylovda g'alabasi bilan birinchilardan bo'lib tabriklagan edi.

O'shandayoq Kreml matbuot xizmatining bildirishicha, Putin Mirziyoyevni Rossiyaga taklif qilgan va "taklif mamnuniyat bilan qabul qilingan".

Putin shuningdek, Mirziyoyevga tabrik telegrammasi ham yo'llagan.

O'zbek tomoni telefon muloqoti Rossiya tomoni tashabbusi bilan bo'lib o'tganini ham qo'shimcha qilgan.

"O'zbekiston va Rossiya rahbarlari strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini, shuningdek, ikki tomonlama aloqalarga doir barcha sohalarda hamda dolzarb xalqaro va mintaqaviy masalalar bo'yicha ishonchli, ochiq va konstruktiv davlatlararo muloqotni izchil davom ettirish va jadal rivojlantirishga qat'iy tayyor ekanliklarini bildirdilar", - deyiladi rasmiy xabarda.

BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - uzbekbbclondon

bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring