Rossiya talabalarida ekstremizm hissi tekshiriladi

Talabalar Image copyright kavpolit
Image caption Rossiyada o'zbekistonlik talabalar soni ham keskin oshgan

Rossiyaning Millatlar masalalari bo'yicha federal agentligi (FADN) Ichki ishlar vazirligi bilan hamkorlikda o'rta maktab va oliy o'quv yurtlari talabalarini ekstremizmga moyilligini tekshiradi.

"Vedomosti" gazetasi xabar qilishicha, bu haqida "Rossiya Qofqozi: birlik hududi" forumida e'lon qilingan.

FADN mutaxassisi Valentin Lazning bildirishicha, talabalardan anketalarni to'ldirish so'raladi va bu bilan ular orasida ekstremistik g'oyalarga moyil yoki xayrixoh talabalar aniqlanadi.

Hozirda bu loyiha poytaxt Moskva hokimiyatida ovozga qo'yilmoqda. Moskvada qo'llab ko'rilgach, mazkur tajriba butun Rossiyada tadbiq etilishi mo'ljallangan.

Rejaga ko'ra, anketalar 1-kurs talabalari yoki abiturentlarga beriladi.

Ayni damda Rossiya ta'lim vazirligi bu kabi anketalarni to'ldirish majburiy bo'lmasligi kerakligi va faqat har bir talabaning xohish-istagi asosida amalga oshirilishi lozimligini urg'ulagan.

BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - uzbekbbclondon

bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring