Inomjon Usmonxo'jaev: "Mirziyoev tufayli oqlandim"

Inomjon Usmonxo'jaev
Image caption Usmonxo'jaev 1983 yildan 1988 yilgacha O'zbekistonning birinchi rahbari lavozimida ishlagan

O'zbekiston Oliy Sudi mamlakatning sobiq rahbari Inomjon Usmonxo'jaevni reabilitatsiya qilish to'g'risida qaror chiqargan.

Inomjon Usmonxo'jaev bilan suhbatni Youtube kanalimizda tomosha qiling

Bu haqdagi qaror nushasini farg'onalik huquq faoli Abdusalom Ergashev o'zining Facebookdagi sahifasida e'lon qilgan.

Unda aytilishicha, SSSR Oliy Sudi jinoyat ishlar bo'yicha sudlov kollegiyasining 1989 yil 27 dekabrda chiqargan Inomxon Buzrukxo'jaevich Usmonxo'jaevga oid hukmi bekor qilinib, jinoyat ishi O'zbekiston Jinoyat kodeksining 83- moddasi 1-bandiga asosan tugatilgan.

Inomjon Usmonxo'jaevning Farg'onadagi manziliga yo'llangan rasmiy maktubga 2016 yil 18 noyabr sanasi qo'yilgan.

Usmonxo'jaev 1983 yildan 1988 yilgacha O'zbekistonning birinchi rahbari lavozimida ishlagan.

U "paxta ishi"da ayblanib, 1988 yil 12 yanvarida O'zbekiston Kompartiyasi Markaziy Qo'mitasining birinchi kotibi lavozimidan bo'shatilgan va 1989 yil 27 dekabrida 12 yilga ozodlikdan mahrum etilgan.

1990 yilda qamoqdan ozod etilgan.

86 yoshli Inomjon Usmonxo'jaev BBC bilan qisqa muloqotida 25 yil muqaddam sog'ligi tufayli qamoqdan ozod etilgani, ammo hozirga qadar oqlanmaganini aytdi.

U hozirda Farg'onadagi ota uyida qarilik nafaqasiga yashayotgani, davlatdan o'tmishdagi xizmatlari uchun hech qanday imtiyoz va maxsus nafaqa olmasligini aytdi.

Ma'lum bo'lishicha, Inomjon Usmonxo'jaev marhum prezident Islom Karimov davrida o'zining oqlanishini so'rab, ko'p bor murojaat etgan, ammo uning arizalari javobsiz qoldirilgan.

U so'nggi bor shu yilning sentyabrida Prezident apparatiga murojaat qilgan va Oliy Suddan oqlangani haqida javob olgan.

BBC bilan suhbatda u Prezident etib saylangan Shavkat Mirziyoevga telegramma yo'llab, o'z minnatdorchiligini izhor qilganini bildirdi.

Bu Inomjon Usmonxo'jaevning 1988 yil yanvarida O'zbekiston rahbarligidan olinganidan buyon matbuot bilan ilk muloqotidir.

BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - uzbekbbclondon

bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring