100 ayol: "O'g'limga buyrak emas, jonimni ham beraman..."

47 yoshli Nasima Rasulova o'g'li Firdavsga o'z buyragini berishga qaror qilgan Image copyright BBCuzbek
Image caption 47 yoshli Nasima Rasulova o'g'li Firdavsga o'z buyragini berishga qaror qilgan

47 yoshli Nasima Rasulova o'g'li Firdavsga o'z buyragini berishga qaror qilgan.

Nasima Rasulova Samarqanddagi uyini sotib buyraklari ishdan chiqqan o'g'lini Sankt-Peterburgda davolatmoqda.

Ammo shifokorlarning aytishicha, Firdavsni hayotini saqlab qolishning birdan bir yo'li unga buyrak ko'chirib o'tkazishdir.

22 yoshli Firdavs Sayfutdinovning bu operatsiyasi uchun Nasima Rasulova 1 mln 200 rubl (17 ming dollar atrofida) to'lashi kerak.

- Bu haliyam o'g'limga o'zim donorlik qilayotganim uchun arzon tushayotgani, - deydi Nasima Rasulova. - Bu yerga kelishdan oldin boshqa davlatlardagi shu turdagi operatsiyalar narxlarini ham surishtirdik. Juda qimmat. O'g'limni asrab qolish uchun topa olgan choram shu bo'ldi.

Nasima Rasulovaning asli kasbi shifokor-ginekolog. 2014 yilda o'g'lining kasalligi sababli Sankt-Piterburgga kelgan.

Bugunda u noilojlikdan shahardagi oshxonalardan birida ishlaydi.

Uning aytishicha, hali jarrohlik amaliyoti uchun zarur pulni to'play olgani yo'q.

"Shuning uchun, operatsiya to'xtab turibdi. Vaqt esa o'tib boryapti", deydi u.

Rossiyadagi faollar Firdavs uchun pul yig'ish amaliga ham qo'l urishgan, ammo zarur pulning 5% ham yig'ilmagan.

Nasima Rasulova bilan suhbatni BBCUZBEK ning YouTube kanalida tomosha qiling.

Firdavsning video hikoyasi uchun BBCUZBEK ning YouTube kanalini kuzatib boring.

BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - uzbekbbclondon

bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring