Баҳс: Мирзиёев мақтовга лойиқми ёки танқидга?
Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Bahs: Mirziyoyev maqtovga loyiqmi yoki tanqidga?

"7 kun ichida O'zbekiston ahlini hayratga solgan 7 xabar", "Shavkat Mirziyoyev: Biz keyingi paytda odamlar bilan muloqot qilishni unutib qo'ydik", "Shavkat Mirziyoyev davlat xalqqa xizmat qilishi kerakligini aytdi" - bular so'nggi kunlarda o'zbek internet nashrlarida chop etilgan sarlavhalarning atigi bir nechtasi, xolos.

Bahsning video versiyasini YouTube kanalimizda tomosha qiling.

Shavkat Mirziyoyev xali Prezident sifatida qasamyod qilgani yo'q, ammo uning prezidentligidan yirik o'zgarishlar kutilmoqda.

Hozirning o'zida Mirziyoyev fuqarolarning arzu-dodiga quloq solish va hokimlarni xalq oldida hisob berishga majburlash sari qadamlarni qo'ygan, shuningdek, qama-qamalarga barham berish, sud tizimini isloh qilish, pul siyosatini liberallashtirish va kelajakda hokimlarni saylanadigan qilishga va'da bergan.

U bularning shunchaki saylovoldi va'dalari emasligini ta'kidlagan.

Mirziyoyevning virtual qabulxonasiga qilinayotgan murojaatlarning mazmuniga e'tibor qaratilsa, yangi Prezidentdan hamma hamma narsa kutayotganini xulosa qilish mumkin.

Bu kutishlarning qanchalik asosli va asosli emasligi borasida esa fikrlar turlicha.

G'arb matbuoti O'zbekistonda bir qattiqqo'l rahbar o'rnini ikkinchisi egallagani haqida yozgan.

Ayrim tahlilchilar Mirziyoyevning islohotlari ijtimoiy-iqtisodiy soha bilan cheklanishi, yirik siyosiy o'zgarishlar yuz bermasligini ham bashorat qilishmoqda.

Ayni paytda O'zbekiston ichkarisida hozirning o'zida o'zgarishlarni Mirziyoyev nomi bilan bog'lash va uni ulug'lash boshlab yuborilganini kuzatish mumkin.

Xo'sh, Shavkat Mirziyoyev maqtovga loyiqmi?

BBC toshkentlik inson haqlari faoli Shuhrat Rustamov va jurnalist Sharof Ubaydullaevlarni suhbatga tortgan.

BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring