BMT: Assadparast kuchlar 82 tinch fuqaroni otib tashlagan

Image copyright Reuters
Image caption BMT: Assadparast kuchlar 82 tinch fuqaroni otib tashlagan

Suriyaning hukumatga loyiq kuchlari sharqiy Halabga kirib, bolalar va ayollar doxil 82 kishini otib o'ldirishg

Bu haqda Birlashgan Millatlar Tashkiloti xabar qilmoqda.

BMTning inson huquqlari bo'yicha agentligiga ko'ra, Bashar al Assad kuchlari 82 nafar tinch fuqaroni sharqiy Halabning to'rt mintaqasida otib tashlaganiga doir aniq ma'lumotlar bor.

So'nggi to'rt yil davomida shaharni egallab turgan isyonkorlar batamom mag'lub bo'lish arafasida.

Minglab odamlar hukumat qo'shinlaridan qochishga joy topolmay qolishgan.

Qaqshatqich bombardimon davom etmoqda.

BMT va Qizil Xoch jamiyati Suriya hamda Assadning ittifoqchisi Rossiyaga murojaat qilib, tinch aholini mintaqadan xavfsiz joyga ko'chirishga ruxsat berishlarini talab qilgan.

BMT voiziga ko'ra, "ko'chalar jasadlarga to'lib ketgan".

Bi-bi-si O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog'lanishni istasangiz, telefonimiz:+44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - uzbekbbclondon

bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring.an.