Qirg'iziston: Konstitutsiya o`zgaradi

Image caption Qirg'izistonda referendumga odamlar deyarli qiziqmagan

Qirg'izistondagi referendum natijalariga ko'ra endi mamlakat konstitutsiyasi o'zgaradi.

Ovoz berganlarning 80%dan ko'prog'i, hukumat ilgari surgan o'zgarishlarni yoqlashgan.

Qirg'izistonda konstitutsiya o'zgarishlarini ko'zda tutadigan referendum "o'tmadi" deb ham topilishiga bir bahya qolgandi.

Referendumda atigi 30.41% odam ovoz bergan, xolos. Biroq bu, har tugul, referendumni tan olish uchun kerakli 30% ovozning to'planganini anglatadi.

Tahlilchilarga ko'ra, ovoz beruvchilar sustligiga sabab - referendum ma'no-maqsadini ko'pchilik tuzuk tushunmay qolgan. Bu borada jamoatchilikka etarlicha izoh va vaqt berilmagan.

Rasmiylarga ko'ra, konstitutsion o'zgarishlar parlament boshqaruvini kuchaytiradi.

Lekin tahlilchilarning aytishicha, aksincha, agar saylovchilar so'nggi qonun o'zganishlarini yoqlab, "ha" deb ovoz berishsa, unda Bosh vazir va bir partiya mavqei kuchayadi xolos.

Bu, ayni paytda, Prezident Atamboevning qudratda qolishini ta'minlab, uning partiyasi mavqeini oshirishi mumkin, degan xavotirlar bor.

Qirg'iziston - Markaziy Osiyoda parlament boshqaruviga o'tgan yagona mamlakat.

Kuzatuvchilarga ko'ra, hozirda Parlament, Bosh vazir va Prezident kuch-qudrati orasida muayyan muvozanat saqlangan.

Biroq konstitutsion o'zgarishlar ayni muvozanatni buzib, aksar qudratni Bosh vazirga o'tkazishi mumkin, degan fikrlar mavjud.

Tanqidchilarga ko'ra, kelasi yili muhlati tugaydigan Prezident Almazbek Atamboev qudratda qolish uchun Bosh vazir bo'lib olishi mumkin.

Referendum natijasga binoan endi Bosh vazir sudya-hakamlarni ishga olish yo vazifasidan bo'shatish, mahalliy hukumat rahbarlarini almashtirish hamda hamjinsbozlar orasidagi nikohni bekor qilish borasida katta vakolatlarni qo'lga kiritdi.

Bi-bi-si O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibog'lanishni istasangiz, telefonimiz:+44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - uzbekbbclondon

bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring.

Bu mavzuda batafsilroq