AIBA танлови: Ҳасанбой Дўсматов пешқадам
Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

AIBA tanlovi: Hasanboy Do'smatov peshqadam

O'zbekistonlik nomdor bokschi, Rio Olimpiadasi chempioni Xalqaro Havaskor Bokschilar Uyushmasi tomonidan "Yilning eng yaxshi erkak bokschisi"ni aniqlash uchun e'lon qilingan tanlovni peshqadam mavqe'da yakunlagan.

Bu xalqaro tashkilotning rasmiy "Twitter" akkaunti orqali e'lon qilgan uch kunlik so'rovida Hasanboy Do'smatov 77% ovoz to'plagan.

Bu borada o'zining kubalik raqibi Robeysi Ramires(5%) va qozog'istonlik da'vogar Daniyar Eleussinov(18%) larni jiddiy farq bilan ortda qoldirib ketgan.

Image copyright official twitter

Agar, AIBA ning "Twitter"dagi rasmiy akkauntida imkonli bo'lgan yakuniy natijaga oid ma'lumotlarga tayanilsa, "Yilning eng yaxshi erkak" bokschisi uchun ja'mi 1234 kishi ovoz bergan.

Bu xalqaro tashkilot tasnifida "Yilning eng yaxshi ayol bokschisi" uchun ovoz berishlar esa, bugun - shanba kuni boshlangan va jarayonning dushanba kuniga qadar davom etishi aytilmoqda.

Hozircha AIBA ham o'zi e'lon qilgan tanlov g'oliblarini rasman ma'lum qilmagan.

Xalqaro tashkilot qayta so'rov e'lon qilmasa va rasman g'olib, deb e'lon qilingan taqdirda, bu - Hasanboy Do'smatov 2016 yilgi Rio Yozgi Olimpiadasidagi g'alabasi ortidan qo'lga kiritgan uchinchi nufuzli xalqaro mukofot bo'ladi.

23 yoshli o'zbekistonlik bokschi bungacha Vel Barker Kubogi va "Oltin mangust" xalqaro mukofotlariga ham loyiq ko'rilgandi.

Sovrindor bokschi

Hasanboy Do'smatov Rioda O'zbekiston Olimpiya terma jamoasi hisobiga birinchi oltin medalini keltirgan sportchi va bokschi bo'ladi.

Andijon boks maktabi vakili bo'lgan Hasanboy Do'smatov Riodagi yutug'i ortidan Muhammadqodir Abdullaevdan keyin, 16 yil deganda, O'zbekiston tarixida Olimpiada chempionligini qo'lga kiritgan ikkinchi bokschiga aylangandi.

Hasanboyga o'xshab Andijon boks maktabining vakili bo'lgan Muhammadqodir Abdullaev 2000 yilgi Sidney Yozgi Olimpiada O'yinlarining oltin medali sovrindori bo'lgandi.

Eng so'nggida eslatib o'tish joiz, havaskor boksdagi karerasida Riodagisi Hasanboy Do'smatov uchun birinchi Yozgi Olimpiada O'yinlari edi.

BBC O'zbek Xizmati AIBA tanlovi bilan bog'liq so'nggi yangilikka munosabati bilish uchun Andijondan Hasanboy Do'smatovning shaxsan o'zi bilan bog'landi - bokschi bilan suhbatimizni siz ham tinglang.

BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio