Туркманистонда сигареталарни ёқмоқдалар
Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Video - Turkmanistonda sigaretalarni yoqmoqdalar

Jahonninng eng repressiv davlatlaridan biri ko'rilgan mamlakat endilikda eng sog'lomlaridan biriga aylanmoqchi.

Turkmaniston rahbariyati butun mamlakatni tamakidan holi, deya e'lon qilish maqsadida sog'lom turmush tarzini rag'batlantirishga kirishgan.

Lekin buyruqbozlik uslubidagi bu kampaniyani ne qadar sog'lom, deb atash mumkin? Bu kabi savolni hech kim ochiqchasiga so'ray olmaydi.

Shu kunlarda mamlakat bo'ylab sigareta qutilarining yondirayotgani manzarasini ko'p uchratasiz.

Mamlakatga noqonunuiy ravishda olib kelingan sigaretalarning ko'p miqdorda yo'q qilinishi yaqinda televizor orqali ko'rsatildi.

Bu kampaniyaga bosh-qosh bo'layotgan Turkmaniston prezidenti jahondagi eng repressiv davlat rahbarlaridan biridir. U o'zgacha fikrlashga toqat qilmaydi.

Prezident Berdimuhammedova rahbarligi ostida mamlakatda inson huquqlari vaziyati jahondagi eng abgorlaridan biri bo'lib qolmoqda.

Lekin hozirda o'z mamlakatini tamakidan holi, deya e'lon qilish harakatiga tushgan ekan, Jahon Sog'liqni saqlash tashkiloti uning rejalarini qo'llamoqda.

Unga hatto chekishni kamaytirgani uchun mukofot berilgan.

Jahon Sog'liqni saqlash tashkiloti rahbari bilan mukofotni ushlab tushgan prezidentning rasmi Turkmaniston xalqaro andazalarga mos mamlakat, degan tasavvurni yaratishga xizmat qilmoqda.

Turkmaniston prezidenti aynan ana shunday nom va obro' orttirish niyatida.

U mamlakatidagi inson huquqlari vaziyatining savol ostiga olinishini yoqtirmaydi, qamoqxonlarda yo'q bo'lib ketgan hukumat tanqidchilari haqida so'z yuritilishini istamaydi.

Nima uchun prezident umrbod bo'lishi kerakligi haqidagi savol ko'tarilishini ham xohlamaydi.

Kampaniyaning shiorlaridan biri "Sog'liq va baxtiyorlik". Baxtiyor bo'lmasang, sukut saqlaganing ma'qul.

Mobil telefon orqali Ashhobod yashovchilari bilan muloqot qilishga muvaffaq bo'ldim.

"Kasalxonada yaxshi qarashlarini istasang, pora berishing kerak" - deb yozdi u.

Buni hamma biladi, lekin hech kim shikoyat qila olmaydi.

Qo'rquv - Turkmanistonda oldib borilayotgan kampaniyalarning asosiy harakatlanitiruvchi omili.

BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - uzbekbbclondon

bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring