Antarktika muzliklari erishi suratlari qayd etildi

Qarag'ay oroli Image copyright NASA
Image caption 2011 yilda olingan suratda Qarag'ay oroli darz ketgani ko'rinadi

Sun'iy yo'ldosh tushirgan yangi va uzoq muddatli video G'arbiy Antarktikada bo'layotgan o'zgarishlarning ko'lami va tezligini namoyish qildi.

Olimlar kamida 25 yil davomida qilingan kuzatuvlarni qo'shib mazkur mintaqadagi yirik muzliklar balandligi yiliga 7 metrga qisqarayotganini aniqlashdi.

Satellit ko'rsatkichlari, shuningdek, muzliklar erishi irmoqlarning ham uzayishiga sabab bo'lganini ko'rsatadi.

Bu muzliklar erib Amundsen dengiziga quyiladi va global okeanlar sathi ko'tarilishiga katta hissa qo'shadi.

Ularning nomlari: Qarag'ay orol (Pine Island), Tueyts (Thwaites), Papa (Pope), Smit (Smith) va Koler (Kohler).

Hozirda ular birgalikda okeanga 120-140 milliard tonna muz tashlayaptilar. Bu miqdor global suvlarni yiliga 0.34-0.40mmga ko'tarishga qodir, bu umumjahon suratlardan 10% ko'p degani.

Muzliklarning qisqarishi oxirgi o'n yilliklarda Antarktika atrofida qayd etilgan iliq dengiz suvlarining oqibati bo'lishi mumkin.

"Muzliklar tezlashar ekanlar, ular o'z tezligi uchun o'z ichlaridan ko'proq muzni ishlatishga majbur bo'ladilar. Bu degani ular ozib, bo'ylarini yo'qotadilar. Biz buni samodan qayd qilyapmiz", - Britaniyaning Qutbni kuzatish markazi olimi Doktor Hann Konrad.

Doktor Konrad taqdim etayotgan kuzatuvlar 1992 yildan beri bugungacha Evropa va Amerika fazo agentliklari tomonidan boshqarilgan beshta sun'iy yo'ldoshlardan olingan kuzatuvlarni ilk marta uyg'unlashtirmoqda.

Olimlarga ko'ra, Antarktikaning bu qismidagi muzliklar erishini to'xtatishga endi kech bo'lishi mumkin va ularning bari kelgusi asrlarda qulaydilar.

Ammo ayni damda muzliklarning erishi turlicha yuz beryapti - misol uchun Qarag'ay oroli to'xtovsiz va tez suratlarda eriyotgan bo'lsa, Tueyts erishi qandaydir muddatga to'xtab, keyin yana avj oladi.

BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - uzbekbbclondon

bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring