Qaqshatqich janglar Halab evakuatsiyasini to'xtatdi

Evakuatsiya avtobuslari Image copyright AFP
Image caption Avtobuslar olib kelingan, lekin bo'sh turishibdi

Suriyaning Halab shahri qattiq bombardimon qilinar ekan, shaharning sharqiy qismidagi isyonchi jangchilar va oddiy aholini evakuatsiya qilish bo'yicha kelishuv to'xtatilgan.

Seshanba kuni Halabda otashkesim e'lon qilinishi ortidan Halabning vayron bo'lgan qismidan odamlar avtobusda olib chiqilayotgandi.

Ammo, chorshanba kuni qaqshatqich janglar yana boshlangan. Mahalliy qutqaruvchiga ko'ra, 40dan oshiq odam jarohat olgan.

Rossiya va Turkiya vositachiligida erishilgan otashkesimning barbod bo'lishiga Suriya hukumatining talablari sabab bo'layotgani aytiladi.

Hukumatning o'zi ham yaralangan askarlarini, hamda muxolifat kuchlari o'rab olgan mavzelardan oddiy fuqarolarni olib chiqishga urinmoqda.

Halab sharqini isyonchilar 2012 yildan beri nazorat qilib kelishadi. Ammo, oxirgi oylarda Suriya hukumati Rossiya havo zarbalari yordamida isyonchilarni kichikroq mavzelarga siqib qo'yishga muvaffaq bo'ldi.

Seshanba oqshomida Rossiyaning BMTdagi elchisi Vitaliy Churkin BMT Xavfsizlik kengashining favqulodda majlisida "Halab sharqidagi harbiy amaliyotlar nihoyasiga yetgan"ini aytdi.

Evakuatsiya kelishuviga binoan, oddiy fuqarolar va isyonchilar Halab sharqidan Suriya shimolidagi isyonchilar hududlariga ko'chirilishlari kerak edi.

BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - uzbekbbclondon

bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring