"Rossiyada yashash huquqi lotereyaga qo'yiladi"

Muhojir Image copyright Argumenty i Fakty
Image caption Rossiya millionlab markaziy osiyoliklarni o'ziga jalb etadi

Leningrad viloyati qonun chiqaruvchilari mamlakat parlamentiga xorijliklarga Rossiyada yashash ruxsatini maxsus lotereya asosida yutib olish huquqini beruvchi qonun loyihasini taklif qilishmoqchi. Bu haqida RIA Novosti xabar agentligi yozdi.

Deputatlar "Rossiya Federatsiyasidagi xorijiy fuqarolarning huquqiy maqomi" haqidagi qonunga o'zgartirishlar kiritishni taklif qilishmoqda.

Bu o'zgartirishlarga binoan, xorijliklarning Rossiyada yashash uchun ko'chishlariga yordam berish yo'lida choralar qabul qilinadi.

"Qonun loyihasiga ko'ra, Rossiya Federatsiyasida yashash huquqi elektron o'yin, hamda avtomatik axborot tizimi yordamida tasodifiy tanlov o'tkazilishi asosida xorijiy fuqarolarga beriladi", - deyiladi loyihaga ilova qilingan xatda.

Lotereyada ishtirok etish uchun xorijiy fuqarolar 18 yoshga to'lgan bo'lishlari, hamda kamida o'rta ma'lumotga ega bo'lishlari lozim.

Loyiha mualliflariga ko'ra, lotereyada federal hukumat tasdiqlagan ro'yxatga kiritilgan mamlakatlar fuqarolari qatnasha oladilar. Bu ro'yxatga asosan aholisi xorijda yashash uchun kam chiqadigan mamlakatlar kiritilishi mumkin.

O'zbekiston bu ro'yxatga kiritiladimi yoki yo'q, bu haqida ma'lumot berilmagan.

Lotereyani yutib olgan xorijliklarga hukumat har yili o'rnatadigan kvota asosida yashash huquqi berilishi aytiladi.

Aytilishicha, lotereyada qatnashish bepul bo'ladi.

BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - uzbekbbclondon

bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring