O'g'il ko'rishning maxsus usuli bormi?

Afg'on muhojiri farzandi bilan Image copyright Reuters
Image caption Ko'p madaniyatlarda o'g'il qizdan afzal ko'riladi

Hindistondagi gazeta o'z mushtariylariga qiz o'rniga bog'la tug'ish bo'yicha ilm-fanda tasdiqlanmagan maslahatlarni bergan. Ular sirasiga ko'p ovqat yeyish va g'arbga yuzlanib uxlash kirar ekan.

Farzandning jinsi otaning spermasidagi xromosomalarga bog'liqdir.

Ammo, Kerala viloyatida chop etiladigan Mangalam gazetasi o'g'il ko'rishni istaganlar uchun oltita maslahat bilan chiqdi.

Hindiston madaniyatida o'g'il qizdan afzal qo'riladi.

Mangalam gazetasi bo'lajak onalarga nonushtani kanda qilmaslik, hamda erkakning spermasini "baquvvat" bo'lgan muayyan kunlarda jinsiy aloqa qilishni tavsiya qiladi.

U, shuningdek, erkaklarga o'z spermalarini kuchaytirish uchun achchiq va nordon narsalarni emaslikni maslahat beradi.

Ammo, spermaning kuchi bolaning jinsini hal qilmaydi. Agar spermada Y xromosomasi bo'lsagina, bola o'g'il bo'lishi mumkin.

Londondagi Portland kasalxonasining ginekologi Doktor Shaziya Malik hind gazetasidagi maslahatlar asossiz ekanini aytadi.

"Farzandning o'g'il yo qiz bo'lishi butkul tasodifiy bo'ladi. Homila agar tabiiy yo'l bilan qilinadigan bo'lsa, qandaydir usul bilan uning jinsini o'zgartirish mumkinligiga hech qanday ilmiy isbot yo'q", - deydi u.

BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - uzbekbbclondon

bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring