Video - "Bu – voy-bo' deydigan yutuq"

Hasanboy Do'smatov Image copyright AP

Rio Olimpiadasi chempioni Hasanboy Do'smatovning AIBA tanlovidagi so'nggi yutug'iga o'zbekistonlik havaskor va professional boks olami yulduzlarining munosabati xuddi ana shu tariqa bo'lmoqda.

Tafsilotlari videolavhamizda - nazardan qochirmang, qiziq

O'zbekistonlik ilk Yozgi Olimpiada O'yinlari sovrindori Rufat aka Risqiev nazdida, "bunaqasini tasavvur ham qilib bo'lmaydi".

Boks "qiroli" Artur aka Grigoryan, "Jahonning eng zo'r bokschisi" tanlovida g'olib chiqish - bu "voy-bu", deyishga teng. Men uchun bu maqom - professional boksda jahon chempioni bo'lishga barobar", - deydi.

Rio Olimpiadasi kumush medali sovrindori bo'lgan jamoadoshi Shahram Giyasov esa, "Bu - biz uchun bir baxt bo'ldi. Rio Olimpiadasidagi tarixiy natijamiz, xursandchiliklarimizdan keyin, qo'shaloq xursandchilik bo'ldi", - degan fikrda.

Hasanboy o'tgan juma kuni "Yilning eng yaxshi erkak bokschisi"ni aniqlash uchun e'lon qilingan tanlovni g'olib mavqe'da yakunlagan.

Bu xalqaro tashkilotning rasmiy "Twitter" akkaunti orqali e'lon qilgan uch kunlik so'rovida Hasanboy Do'smatov 77% ovoz to'plagan.

Bu borada o'zining kubalik raqibi Robeysi Ramires(5%) va qozog'istonlik da'vogar Daniyar Eleussinov(18%) larni jiddiy farq bilan ortda qoldirib ketgandi.

Hozircha AIBA ham o'zi e'lon qilgan tanlov g'oliblarini rasman ma'lum qilmagan. Xalqaro tashkilot qayta so'rov e'lon qilmasa va rasman g'olib, deb e'lon qilingan taqdirda, bu - Hasanboy Do'smatov 2016 yilgi Rio Yozgi Olimpiadasidagi g'alabasi ortidan qo'lga kiritgan uchinchi nufuzli xalqaro mukofot bo'ladi.

23 yoshli o'zbekistonlik bokschi bungacha Vel Barker Kubogi va "Oltin mangust" xalqaro mukofotlariga ham loyiq ko'rilgandi.

(Videolavhada uzreport.tv tasvirlaridan ham foydalanildi).

BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - uzbekbbclondon

bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring