Gurbanguli Berdimuhamedov-yana prezidentlikka nomzod

Berdimuhamedov Image copyright AFP
Image caption Turkmaniston Konstitutsiyasiga muvofiq, Berdimuhamedov cheklanmagan muddatga prezident lavozimida qolishi mumkin

Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning Demokratik partiyasi 2017 yilda uni yana prezidentlikka nomzod sifatida ilgari surgan.

Bu haqda Turkmanistonning davlat axborot agentligi xabar bermoqda.

Uchinchi muddatga prezident etib saylanishi kutilayotgan Berdimuhamedov gazga boy Turkmanistonni 2006 yildan buyon boshqarib keladi.

U 2006 yil dekabrida vafot etgan Turkmanistonning umrbod prezidenti Saparmurot Niyozovning o'rnini egallagan.

O'zining o'tmishdoshi kabi Berdimuhamedov ham Turkmanistonni qattiqqo'llik bilan idora qilib keladi.

Berdimuhamedov 2012 yilda 97 foiz ovoz bilan qayta saylangan.

Joriy yilning sentyabrida Turkmaniston Konstitutsiyasiga o'zgartishlar kiritilgan.

Ularga muvofiq, Berdimuhamedov cheklanmagan muddatga prezident lavozimida qolishi mumkin.

O'tgan oy uning o'g'li Serdar Berdimuhamedov parlamentga deputat etib saylangan.

Kuzatuvchilarga ko'ra, Prezident Berdimuhamedovning yagona o'g'li Serdar unga siyosiy merosxo'r sifatida tayyorlanmoqda.

BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - uzbekbbclondon

bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring