Mirziyoyev Toshkent viloyatiga hokim tayinladi

Toshkent viloyati Image copyright courtesy

O'zbekistondan kelayotgan xabarlarga ko'ra, Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatiga yangi hokim tayinlagan.

Shukrullo Babaev shu yil avgustida ishdan olingan Sodiq Abdullaev o'rnini egallaydi.

Bu haqdagi qaror 15 dekabr kuni Xalq deputatlari Toshkent viloyat kengashining navbatdan tashqari sessiyasida qabul qilingan.

Sessiya ishida Prezident Mirziyoyev bilan birga, Bosh vazir Abdulla Aripov va boshqa hukumat a'zolari ishtirok etgani xabar qilinmoqda.

Babaev oxirgi 10 oyda Toshkent viloyatiga tayinlanayotgan uchinchi hokimdir.

Shu yil fevralida marhum prezident Islom Karimov militsiya generali Ahmad Usmonovni korruptsiya ayblovlari bilan lavozimidan chetlatgandi.

Usmonov hibsga olinib, keyinroq sog'ligi bois ozodlikka chiqarilgani xabar qilingan.

Shu yil avgustidan buyon Islamjan Ergashxo'jaev Toshkent viloyati hokimi vazifasini bajarib kelayotgandi.

Uning Bosh prokuror o'rinbosari lavozimiga o'tkazilgani aytilmoqda.

BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - uzbekbbclondon

bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring