Нодира Ҳидоятова: "ЎзЛиДеПга кираман"
Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Video - Nodira Hidoyatova: "O'zLiDePga kiraman"

O'zbekistonda bir vaqtlar tuzilgan "Serquyosh O'zbekiston" koalitsiyasi a'zosi Nodira Hidoyatova iqtidordagi O'zLiDeP partiyasi safiga kirish istagida ekanligini aytdi.

Bu haqda u Facebook dagi o'z sahifasida bildirish bergan.

"Serquyosh O'zbekiston" koalitsiyasiga 2005 yil Andijon qirg'ini ortidan taniqli ishbilarmon Sanjar Umarov asos solgandi.

Koalitsiya o'z oldiga O'zbekistonda siyosiy va iqtsiodiy islohotlarni o'tkazishni asosiy maqsad qilib olganligini aytgandi.

Ushbu harakatning muvofiqlashtiruvchisi sifatida ko'rilgan Nodira Hidoyatova 2006 yil mart oyida davlatga tegishli pullarni o'zlashtirish va iqtisodiy jinoyatlarda ayblar bilan 10 yillik qamoq jazosiga hukm etilgandi.

Lekin keiynchalik hukm - yetkazilgan moddiy zararni qoplash sharti bilan - 7 yillik shartli qamoq jazosiga o'zgartirilib, u ozod etilgandi.

Koalitsiya rahbari Sanjar Umarov ham xuddi shu yili hibsga olinib, soliqlardan bo'yin tovlash hamda katta miqdordagi mulkni o'marish kabi bir necha iqtisodiy jinoyatlarda ayblanib, 14,5 yilga ozodlikdan mahrum etilgandi.

Tahlilchilar bu ayblovlar siyosiy asoslarda ilgari surilganligini aytib kelganlar.

Nodira Hidoyatova qamoqdan ozod etilganidan beri o'tgan 10 yil mobaynida matbuotga bergan ilk intervyusida nima uchun u Bosh vazir Shavkat Mirziyoyevning O'zLiDeP partiyasiga qo'shilish istagida ekanligi haqidagi savolga javob berdi.

Uning aytishicha, hozirda mamlakat muhim o'zgarishglar bosqichi o'ngida turgan ekan, bu o'zgarishlarni aynan iqtidordagi partiya amalga oshirishga qobil ekanligiga ishonadi va bu jarayonlarda ishtirok etish istagi bor.

"Shuning uchun men muxolifatda emas, bu o'zgarishlarning tarkibiy qismi bo'lmoqchiman", deb aytdi u BBC bilan suhbatda.

BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - uzbekbbclondon

bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring