"12 yoshli bola Germaniyada hujum tayyorlagan"

"Yog'du mo''jizasi" bozori Image copyright EPA
Image caption "Yog'du mo''jizasi" bozori hujumchining nishoni bo'lgan

Germaniyada tug'ilgan iroqlik 12 yoshli bola Lyudvigshafen shahridagi Rojdestvo bozorini portlatishga uringan.

Bu xabarni tarqatgan Germaniya prokurorlari aytishlaricha, noyabr oyida u mixlar va portlovchi moddalarga to'la ryukzakni bozorga tashlab ketgan. Bir necha kun o'tgach u hokimiyat binosi yaqiniga yana bir portlovchi moddani joylashtirgan.

Bozordagi ryukzak portlamay qolgan, hokimiyat yaqinidagisini esa yo'lovchi ko'rib qolib, politsiyani xabardor etgan. Hech kim jarohat olmagan.

Hozirda hibsga olingan 12 yoshli bola yaqinda radikallashgani va Islomiy Davlat jihodchi guruhiga aloqasi borligi ishoniladi.

"Fokus" jurnali yozishicha, unga ID guruhining noma'lum a'zosi buyruq berib turgan.

Federal prokuratura uning IDga aloqasi borasida sharh berishdan bosh tortdi, ammo mazkur ish tergov qilinayotganini bildirdi.

Ismli ochiqlanmagan bola 2004 yilda Lyudvigshafenda Iroqlik juftlik oilasida dunyoga kelgan.

U jinoiy javobgarlik yoshiga yetmagani tufayli unga qarshi rasmiy ayblovlar qo'yilmasligi aytiladi.

O'tgan payshanba kuni Germaniya politsiyasi Ashafenburg shahridagi jamoatchilik binosiga terror hujumini tayyorlashda gumon qilingan 15 va 17 yoshli o'smirlarni hibsga olgan.

Politsiya ularning uylarida Islomiy Davlat bayroqlari va targ'ibot materiallarini topgan.

BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - uzbekbbclondon

bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring