Rossiyada o'nlab kishi o'ldi

Rossiya Image copyright RIA Novosti

Rasmiy xabarlarga ko'ra, qirqdan ortiq kishining o'limiga "Boyarishnik" yuvinish vositasi sabab bo'lgan.

Ayon bo'lishicha, ular bu yuvinish vositasini spirtli ichimlik o'rnida iste'mol qilishgan va buning oqibatida zaharlanib, hayotdan ko'z yumishgan.

Yana yigirmaga yaqin kishining og'ir ahvolda kasalxonada ekanliklarini aytilmoqda.

O'nlab kishining umriga zomin bo'lgan mash'um hodisa Irkutskda yuz bergan.

Rossiyadan olingan so'nggi xabarlarga ko'ra, hozir Irkutskda favqulodda holat joriy etilgan.

Bu yuvinish vositasi saqlangan omborxona topilgan, uning tarkibida odam hayoti uchun xavfli bo'lgan zahar - metanol aniqlangan.

Ikki kishi hibsga olingan va politsiya do'kon rastalaridan "Boyarishnik"larni yig'ishtirib olishga kirishgan.

Yakshanba kungi hodisa yuzasidan allaqachon tergov ishlari boshlangan.

Tergovchilarga ko'ra, odamlar yuvinish vositasining faqat tashqi iste'mol uchun, degan ogohini pisand qilishmagan.

Qurbonlar

Agar, Rossiya ommaviy-axborot vositalariga tayanilsa, qurbonlar 35 va 50 yosh oralig'idagi kambag'al odamlar bo'lishgan.

Aksariyat sobiq Sho'ro davlatlarida qo'lbola arzoni rostmana aroqqa muqobili sifatida ko'rib kelingan.

Ayrim tahlilchilarning hisob-kitoblariga ko'ra, Rossiyada 10 milliondan ortiq odam shu kabi spirtli ichimlik iste'mol qilishadi.

Rossiyada qo'lbola spirtli ichimliklardan zaharlanish hollari keng tarqalgan.

Ammo, birgina joriy yil nazarda tutilganda ham, bu kabi halokatlisi deyarli kuzatilmagan.

Mulozimlarga ko'ra, odatda, bu kabi yuvinish vositasida etil spitri qo'llanilgan.

So'nggisida esa, etil spirtining o'rniga metanol qo'llanilgani ma'lum bo'lgan.

Irkutskdagi hodisa Rossiya rahbariyatining ham e'tiboridan chetda qolmagan.

Prezident Vladimir Putin buni "mudhish fojea", deb atagan.

Rossiya Bosh vaziri Dmitriy Medvedev bu masalani Vazirlar Mahkamasining yig'inida ko'targan.

Mas'ullar bu kabi yuvinish vositalarini zudlik bilan iste'moldan olishlari shartligini aytgan.

Agar, Rossiya Bosh vaziri muovini Aleksandr Xloponinning o'tgan oygi ma'lumotlariga tayanilsa, mamlakatda iste'mol etilayotgan spirtli ichimliklarning 20 foizi dori-darmon va pardoz-andoz vositalari hisobiga to'g'ri keladi.

BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - uzbekbbclondon

bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring