Berlin politsiyasi hujumchini qidirmoqda

Berlinda xavfsizlik choralari kuchaytirilgan Image copyright AP
Image caption Berlinda xavfsizlik choralari kuchaytirilgan

Berlin politsiyasi bayram bozoriga yuk mashinasi bilan hujum qilib 12 kishini oʻldirgan shaxsni qidirmoqda.

Seshanba kuni politsiya yetarli dalil-isbot yoʻqligi tufayli avvalroq qoʻlga olingan gumondorni ozod qildi.

Ularga koʻra, hujumchi yakka amal qilmagan va qurollangan boʻlishi mumkin.

Berlinda xavfsizlik choralari kuchaytirilgan.

Oʻzini Islomiy Davlat deya atovchi guruh hujumni oʻz jangarilaridan biri amalga oshirganini daʼvo qildi, ammo hech qanday isbot keltirmadi.

Avvalroq qoʻlga olingan Pokiston fuqarosi Naved B hujumga aloqadorligini rad qilgan.

Politsiya uni jinoyat joyiga bogʻlaydigan dalil-isbotni topa olmagach, uning hujumchi ekaniga shubha qildi.

"Hujumchi yoki hujumchilar qoʻlga olinmaguncha, hech kim tinchimaydi", - dedi Ichki ishlar vaziri Tomas de Mayziyer.

Berlin hokimiyati bildirishicha, oʻxshash hujumlarni bartaraf etish uchun boshqa bozorlarda qoʻshimcha politsiya kuchlari va toʻsiqlar joylashtirilgan.

Federal prokuror Peter Frankning aytishicha, hujum usuli uning ortida Islomiy ekstremistlar turganiga ishora qilmoqda.

Ammo, Mayziyer bu kabi daʼvoga ehtiyotkorlik bilan yondashish kerakligini aytib, tergov "bir necha yoʻnalishda" olib borayotganini maʼlum qildi.

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibogʻlanishni istasangiz, telefonimiz :+44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - uzbekbbclondon

bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring