Oʻzbekistonlik hunarmandlar Moskvadagi yarmarkada

Oʻzbekistonlik ustalar Image copyright BBCuzbek
Image caption Oʻzbekistonlik ustalar

Moskvada "Rossiya xalq hunarmandchilik buyumlari" yarmarkasi boʻlib oʻtdi.

Tarix sahifalarini varaqlasak, birinchi Butunrossiya hunarmandchilik koʻrgazmasi 1902 yilda boʻlib oʻtgani haqida oʻqish mumkin.

U paytlar ham koʻrgazmalar bu qadar koʻrkam boʻlmagani aniq.

Koʻrgazma Rossiya sanoat va savdo, Madaniyat vazirliklari doxil Turizm boʻyicha federal agentlik, Rossiya savdo-sanoat palatasi yordamida oʻtkaziladi.

Xalq hunarmandlari esa, koʻrgazma tashkilotchilari daʼvo qilishicha, butun dunyodan oʻzlarining eng yaxshi mahsulotlarini olib kelishadi.

Ular orasida Rossiyaning turfa mintaqalarida yogʻoch oʻymakorligi, kulolchilik va toʻqimachilik namunalarini koʻrish mumkin.

Deyarli barcha mahsulotlar koʻzni qamashtiradigan darajada goʻzal.

Bu goʻzallik ortida esa zamonaviy kompyuter chizmalari emas, balki usta sanʼatkorlarning qoʻl mehnati turganini sezish qiyin emas.

Oʻzbekistonlik ustalar

Koʻrgazmada butun Rossiya boʻylab faoliyat qilayotgan hunarmand ustalar oʻz mahsulotlarini sotuvga qoʻyishdi.

Ular qatorida oʻzbekistonlik ustalar ham oʻz amaliy sanʼatlari namunalari namoyish etdilar.

BBC Oʻzbek Xizmati ularning ayrimlari bilan suhbatlashgan.

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - uzbekbbclondon

bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring