AQShda Oʻzbekiston Islomiy Harakati moliyachisi sudlandi

Oʻzbekiston Islomiy Harakati
Image caption Oʻzbekiston Islomiy Harakati terrorchi tashkilotlar roʻyxatiga kiritilgan

Gollandiyalik asli turk kishi Oʻzbekiston Islomiy Harakatiga moliviy yordam berishda aybdor topilib yetti yillik qamoq jazosiga hukm etiladi.

Bu haqida Assoshieyted Press xabar agentligi maʼlum qildi.

AQShning Kolumbiya hududi prokuraturasi chiqargan bayonotda aytilishicha, 58 yoshli Irfan Demirtashga seshanba kuni hukm chiqarildi.

Demirtash sentyabr oyida ayblovlarni oʻz boʻyniga olgan.

Prokurorlarga koʻra, Demirtashga ayblovlar 2011 yilda ilgari surilgan.

U 2006 va 2008 yillar oʻrtasida Gollandiyada boʻla turib Oʻzbekiston Islomiy Harakati uchun moliya yiqqan.

Demirtash oʻtgan yili Germaniyada qoʻlga olinib, AQShga ekstraditsiya qilingandi.

Oʻzbekiston Islomiy Harakati 1991 yilda tashkil topgan boʻlib, oʻz oldiga Oʻzbekiston hukumatini agʻdarish va Islomiy davlat barpo qilishni maqsad qilib olgan.

Uning advokatlari hozircha biron bir bayonot bilan chiqishmadi.

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - uzbekbbclondon

bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring