IDga qoʻshilishga uringan rus qiz uzr soʻradi

Varvara Karaulova Image copyright Ria Novosti
Image caption Varvara Karaulova qilmishidan afsusda

Islomiy Davlat jangari guruhiga qoʻshilishni istagan Moskva Davlat Universitetining sobiq talabasi Varvara Karaulova oʻz qilmishini "oʻsmir gʻalayoni" deya tasvirladi.

U, shuningdek, oʻz oilasi va xavfsizlik kuchlaridan kechirim soʻradi.

"Menda oʻsmirlik gʻalayoni boʻlgan. Odatda bu odamlarda 14-15 yoshida boʻladi, menda esa 19 yoshimda boʻldi... Men xato qilganimni anglab yetdim va, oʻylaymanki, bu xatoim uchun toʻla jazoimni oldim", - dedi Karaulova Moskva okrugining harbiy sudida oʻtayotgan sud ishida berilgan oxirgi soʻzi oʻrnida.

U IDga qoʻshilish uchun hech qanday tayyorgarlikdan oʻtmaganini urgʻuladi.

Karaulovaning aytishicha, u IDning Samatov familiyali aʼzosini sevib qolgan, lekin, bu sevgi "ogʻriqli va nomaqbul" boʻlgan.

Sud oʻz hukmini 22 dekabrda oʻqiydi.

8 dekabr kuni davlat prokurori ayblanuvchini besh yilga ozodlikdan mahrum qilish va 150 ming rubl (2400 dollar) miqdorida jarima solishni soʻradi.

Davlat ayblovchilariga koʻra, Karaulova IDga qoʻshilish nimaligini anglagan, Suriyaga oʻtish uchun Turkiyaga borgan va bu yoʻlda hatto "oʻz oilasi va sevimli iti"ni tark etgan.

Ayblanuvchining advokatlari hakamlarni Karaulovaning aybsizligiga ishontirishga urindilar.

Karaulova 2015 yilda Turkiyada ushlanib, Rossiyaga deportatsiya qilingandi. MGU uni talabalar safidan chiqargan.

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - uzbekbbclondon

bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring