Suriyalik twitterchi qiz Erdoʻgʻon bilan uchrashdi

Bana Alabed Image copyright Reuters
Image caption Bana Alabed urushlardan charchaganini yozardi

Qamal ostidagi Halabdan oʻz twitlari bilan mashhur boʻlgan yetti yoshli suriyalik qiz Bana Alabed Anqarada Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdoʻgʻon bilan uchrashdi.

Halab ustidan urush avjiga chiqqanida Bananing onasi Erdoʻgʻondan Halabga kelib ularga yordam berishini soʻragandi.

Qizaloq oʻzining Twitterdagi akkauntida prezident saroyida olingan suratini chop qildi.

Suratlardan birida Bana va uning ukasi Erdoʻgʻonning tizzalarida oʻtirishibdi, kattalar esa prezidentning orqasida turibdilar.

Bana Alabed va uning oilasi Halab sharqidan evakuatsiya qilinishlari ortidan Erdoʻgʻonning maxsus elchisi ularni Turkiyaga olib kelgan.

Sentyabrda Bashar al-Assadning qoʻshinlari Rossiya qoʻllab-quvvatlovi bilan isyonchilar nazorati ostidagi mavzelarni ishgʻol qila boshlaganida Bana Twitterda yoza boshlagan.

Bana oʻz atrofidagi voqealarni ingliz tilida tasvirlagan. Unga oʻqituvchi onasi yordam bergan.

Dekabr boshida Bananing twitlari toʻxtab qolganida, u va uning oilasi borasida xalqaro xavotirlar yuzaga kelgandi.

Bu hafta ularning omon ekani va evakuatsiya qilingani borasida xabarlar chiqdi.

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - uzbekbbclondon

bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring