Qirgʻiziston prezidenti Oʻzbekistonga tashrif buyuradi

Atambayev Image copyright official

Qirgʻiziston prezidenti Almazbek Atambayev 24 dekabr kuni Oʻzbekistonga ishchi tashrifi bilan keladi.

Bu haqda qirgʻiz prezidenti maʼmuriyati xabar bermoqda.

Prezident Mirziyoyev bilan muzokaralar chogʻida ikki tomonlama va mintaqaviy masalalar muhokama etilishi kutiladi.

Atambayev Mirziyoyev Prezident etib saylanganidan buyon Oʻzbekistonga tashrif buyurgan ilk xorijiy davlat rahbari boʻladi.

Ayni paytda Atambayevning oʻz safarini Toshkentdanmi yoki Samarqanddan boshlashi maʼlum emas.

Islom Karimov vafotidan buyon oʻnlab davlat rahbarlari Oʻzbekistonning birinchi prezidentiga hurmat bajo keltirish uchun Samarqandga tashrif buyurgan va muzokaralar ham Samarqandda kechgan.

Atambayev Islom Karimovning dafn marosimida qatnashmagan.

Karimov davrida Oʻzbekistonning Qirgʻiziston bilan munosabatlari muammoli boʻlib kelgan.

Bunga Bishkekning suv-energetika loyihalari va chegaradagi bahsli hududlar sabab boʻlgan.

Mirziyoyev oʻzbek-qirgʻiz chegarasidagi Oʻngʻortepa bahsli hududidagi ziddiyatni yechgan va Qirgʻiziston bilan chegarani delimitatsiya va demarkatsiya qilish jarayonini tezlashtirgan.

Oʻzbekistonning yangi prezidenti qoʻshnilar bilan aloqalarni tashqi siyosatning ustuvor yoʻnalishi deb eʼlon qilgan.

Mirziyoyev va Atambayev bosh vazirlik paytlarida yaqindan hamkorlik qilgani aytiladi.

Ayni paytda Mirziyovning oʻzi birinchi xorijiy safarini qaysi davlatga amalga oshirishi nomaʼlum boʻlib qolmoqda.

Avvalroq Kreml Oʻzbekistonning yangi rahbari birinchi xorijiy safarini Rossiyaga qilishini aytgandi.

Oʻzbek tomoni hozirgacha buni rasman tasdiqlamagan.

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - uzbekbbclondon

bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring