Video - Bollivudda gap: "Amir Temur ismini qoʻyib, xato qilishgan..."

Bollivud yulduzlari Image copyright AFP

Hozir Hindistondagi aksariyat Twitter foydalanuvchilari xuddi ana shunday iddao bilan Bollivud yulduzlari Saif Ali Xon va Karina Kapurni tanqidlar tigʻiga tutishmoqda.

(Videolavhani BBCUZBEK YouTube kanalida tomosha qiling)

Agar, ularning shikoyatlariga quloq tutilsa, yulduz juftlik ilk farzandlariga Amir Temurning ismini qoʻyib, xato qilishgan.

Bu kabi tanqidchilarning nazdlarida, tarixga buyuk sarkarda va sohibqiron sifatida kiritilgan Amir Temur Hindistonni zabt etarkan, 14-asrda minglab hindistonliklarni oʻldirgan.

Ammo yaqinda ota-ona boʻlgan Bollivud yulduzlarining muxlislari ham jim turishmagan.

Temur bor-yoʻgʻi ("temir maʼnisini anglatuvchi") ism ekanini aytib, ularga qarshi javob berishga harakat qilishgan.

Saif Ali Xon va Karina Kapur 20 dekabrь kuni oʻzlarining oʻgʻil farzandli boʻlganliklarini hammaga maʼlum qilishgan.

"Oʻgʻillari Temur Ali Xon Pataudi dunyoga kelganiga oid ajoyib xabarni boshqalar bilan boʻlishishdan juda mamnun ekanliklari"ni bildirishgandi.

Hindistonlik internet foydlanuvchilarining Twitter dagi dahanaki janglari esa, qizigandan qizib bormoqda.

Siz ham tomosha qiling.

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz:+44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - uzbekbbclondon

bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring