Berlin hujumchisi Milanda otib oʻldirilgan

Berlin hujumchisi Milanda otib oʻldirilgan Image copyright Bka/handout
Image caption Berlin hujumchisi Milanda otib oʻldirilgan

Berlindagi bozorga yuk mashinasi bilan hujum qilishda gumonlangan Anis Amri Milanda otib oʻldirilgan.

Bu haqda Italiya prokurorlari maʼlum qilishgan.

Milanda oʻldirilgan shaxsning barmoq izlari Berlindagi bozorga hujum qilishda gumonlanayotgan, asli kelib chiqishi tunislik Anis Amriniki bilan bir xil boʻlgan.

Amrini Italiya politsiyasi otib oʻldirgan.

Dushanba kuni Berlindagi bozorga yuk mashinasi bilan bostirib kirilishi oqibatida 12 kishi qurbon boʻlgan edi.

Germaniya politsiyasi Oberhauzenda yana hujum uyushtirishni rejalash ayblari bilan ikki kishini hibsga olgan.

Seshanba kuni politsiya yetarli dalil-isbot yoʻqligi tufayli avvalroq qoʻlga olingan gumondorni ozod qildi.

Ularga koʻra, hujumchi yakka amal qilmagan va qurollangan boʻlishi mumkin.

Berlinda xavfsizlik choralari kuchaytirilgan.

IShID guruhi hujumni oʻz jangarilaridan biri amalga oshirganini daʼvo qildi, ammo hech qanday isbot keltirmadi.

Avvalroq qoʻlga olingan Pokiston fuqarosi Naved B hujumga aloqadorligini rad qilgan.

Politsiya uni jinoyat joyiga bogʻlaydigan dalil-isbotni topa olmagach, uni ozod etgan edi.

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - uzbekbbclondon

bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring