Xitoy Oʻzbekistonga quyosh energiyasini bermoqchi

Solyar panellar Image copyright Tim Ireland/PA
Image caption Oʻzbekistonda quyosh energiyasi salohiyati katta

Xitoyning Singyes Solar Technologies kompaniyasi Oʻzbekistonda yirik quyosh energiyasi fermasini qurish boʻyicha Oʻzbekenergo davlat aktsionerlik kompaniyasi bilan shartnoma tuzdi.

Bu haqida xabar tarqatgan Xitoy matbuotiga koʻra, shartnomaga erishilishi ortidan Singyes aktsiyalari 7,2 foizga qimmatladi.

Mazkur kompaniya yutgan 147 million dollarlik tenderga asosan, u Samarqand viloyatida qudrati 100 megavattga teng quyosh energiyasi panellarini oʻrnatadi.

Loyihani asosan Osiyo Taraqqiyot Banki moliyalaydi. OTBning mazkur loyiha boʻyicha ochiqlagan hujjatlarida aytilishicha, Oʻzbekistondagi energiyaning 89 foizi qazib olinuvchi yoqilgʻiga asoslangan, qolgani esa GESlar yordamida taʼminlanadi.

Singyes moliyaviy direktori Jimmi Yu Chon-manning aytishicha, oʻz shirkati solyar panellarni Xitoy sharqidan temir yoʻllar va yuk mashinalari yordamida Oʻzbekistonga olib boradi.

Qurilish ishlari kelgusi aprelь oyida boshlanishi va 12 oy davom etishi moʻljallangan.

Oʻzbekistondagi energetika tizimi eskirgan boʻlib, korxonalarning yarmi 1982 yildan avval qurilgan.

OTB hujjatlarida Oʻzbekiston qazib olinuvchi yoqilgʻiga oʻrtacha xalqaro koʻrsatkichlardan koʻra olti marta koʻp tayanib qolgani aytilgan va u chiqarayotgan issiqxona gazlari miqdori borasida xavotir bildirilgan.

Oʻzbekistonda olib borilgan tadqiqotga koʻra, Oʻzbekiston quyosh energiyasi bobida katta salohityaga ega - mamlakatdagi yillik quyosh nuri soatlari 2800 va 3050 orasidadir.

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibogʻlanishni istasangiz, telefonimiz:+44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - uzbekbbclondon

bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring