Garovdagi Liviya samolyotidan baʼzilar ozod qilindi

Eyrbus A320 Image copyright Reuters
Image caption Eyrbus A320 samolyoti yoʻnalishi oʻzgartirilishidan avval Liviyaning Sabha shahridan poytaxti Tripoliga uchayotgandi

Liviyada garovga olingan va Maltaga kelib qoʻngan samolyotdagi bir necha yoʻlovchi ozod qilindi.

Malta Bosh vazirining bildirishicha, Afriqiya Eyrlayns havo yoʻllarining samolyotida ekipajning baʼzi aʼzolari qolmoqda.

Mahalliy xabarlarga koʻra, kamida bir garovgir qoʻl granatasi bilan samolyotni portlatib yuborishini aytgan.

Eyrbus A320 samolyoti yoʻnalishi oʻzgartirilishidan avval Liviyaning Sabha shahridan poytaxti Tripoliga uchayotgandi.

Ishonilishicha, unda 118 kishi uchayotgandi.

Sabha hokimi Hamed al-Hayalining BBCga aytishicha, garovgir Maltadan siyosiy boshpana soʻrashga urinmoqda.

Ammo, samolyot ichida boʻlgan hamkasbi bilan telefon orqali suhbatlashgan liviyalik deputat garovgirning talablari hozircha nomaʼlum qolayotganini aytdi.

Malta Bosh vaziri Jozef Muskat mamlakat xavfsizlik qoʻshinlari aeroportda hushyor holatga keltirilganini bildirdi.

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook- BBC UZBEK

Google+ BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring