Putin: 'Assad va isyonchilar otashkesimga kelishdi'

Image copyright Ria-Novosti

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Suriyada hukumat va qurolli muxolifat oʻt ochishni toʻxtatish va tinchlik muzokaralarini boshlashga kelishganliklarini eʼlon qildi.

Avvalroq Suriyaning butun hududlari va Aleppoda otashkesimga kelishilgani haqida Turkiya ommaviy axborot vositalari xabar tarqatgandi.

Putin kelishuvga erishilgani haqida Rossiya Tashqi ishlar va mudofaa vazirlari Sergey Lavrov hamda Sergey Shoygular bilan uchrashuv chogʻida eʼlon qilgan.

"Hozirgina biz shunchaki kutgan emas, balki yaqinlashishi uchun juda koʻp saʼy-harakat koʻrsatgan xabarni oldik. Uchta hujjat imzolandi", - deb aytgan Putin.

Uning soʻzlariga koʻra, gap birinchidan, oʻt ochishni toʻxtatish haqida bormoqda.

"Birinchi hujjat Suriya hukumati va qurolli muxolifat oʻrtasida Suriya Arab Respublikasi hududida oʻt ochishni toʻxtatish haqida", - degan Putin.

Ikkinchi hujjat, uning aytishicha, oʻt ochishni toʻxtatish rejimini nazorat qilish boʻyicha "kompleks chora-tadbirlar"ni nazarda tutadi.

Rossiya rahbarining bildirishicha, uchinchi hujjat "Suriya mojarosini tinch yoʻl bilan hal etish boʻyicha tinchlik jarayonlariga tayyorgarlik"ni koʻzda tutadi.

Ayni paytda Putin Rossiya mudofaa vazirligining Suriyada Rossiya harbiy ishtirokini kamaytirish haqidagi taklifini maʼqullagan.

Shu bilan birga Putin Rossiya "xalqaro terrorizmga qarshi kurashni davom ettirishi va Suriyaning qonuniy hukumatiga bu borada dastak berishda davom etishi"ni taʼkidlagan.

Bi-bi-si Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibogʻlanishni istasangiz, telefonimiz:+44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - uzbekbbclondon

bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring.