Yangi Ipak yoʻli Oʻzbekistonni aylanib oʻtmoqda

Xitoy oʻzining Yangi Ipak yoʻli nomli rasmiy loyihasi doirasida ilk marta temir yoʻl orqali Britaniyaga yuklarni joʻnatishni boshladi.
Ilk poyezd Xitoy sharqidagi Iu shahridan chiqqan va 18 kundan soʻng Londonning Barking hududiga yetib kelishi kutiladi.
Ammo, Xitoyning yangi yoʻnalishi Buyuk Ipak yoʻlining eng muhim markazlaridan sanalgan Oʻzbekistonning qadimiy shaharlarini chetlab oʻtmoqda.
Yangi Ipak yoʻli Qozogʻiston, Rossiya, Belarus, Polsha, Germaniya, Belgiya va Frantsiya orqali oʻtadi.
Xabar qilinishicha, ilk yuk poyezdiga kiyim-kechaklar, sumkalar va boshqa isteʼmol mahsulotlari ortilgan.
Xitoy oʻzining Yangi Ipak yoʻli loyihasi doirasida oxirgi yillarda Yevropaga temir yoʻl orqali mahsulot yetishtirish koʻlamini kengaytirdi.
Xitoy uchun dengiz orqali yuk yetishtirish arzonroqdir, ammo jarayon juda sekin kechadi.
Havo orqali yuk yetishtirish oʻta qimmat hisobladi, ammo temir yoʻl taʼminoti oʻrtacha xarajatga amalga oshiriladi.
BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
Instagram - BBC UZBEK
Twitter - BBC UZBEK
Odnoklassniki - BBC UZBEK
Facebook - BBC UZBEK
Google+ - BBC UZBEK
YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
Skype - uzbekbbclondon
bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring