Turkiyadagi hujumchi "Markaziy Osiyodan ekan"i tekshirilmoqda

Turkiyada tarqalgan baʼzi xabarlarda hujumchining Oʻzbekistondan boʻlishi ehtimoli ham yangragan
Image caption Turkiyada tarqalgan baʼzi xabarlarda hujumchining Oʻzbekistondan boʻlishi ehtimoli ham yangragan

Qirgʻiziston tashqi ishlar vazirligi Istanbulda yangi yil kechasi 39 odamni oʻldirgan qurolli shaxs qirgʻizistonlik boʻlishi mumkinligi haqidagi matbuot xabarlarini tekshirayotganini bildirdi.

Vazirlik vaizi bu maʼlumot "shubhali" ekaniga ishonishlari, ammo baribir tekshirilayotganini aytdi.

Turkiyada tarqalgan baʼzi xabarlarda hujumchining Oʻzbekistondan boʻlishi ehtimoli ham yangragan.

Ammo, Oʻzbekiston xavfsizlik xizmatlari Turkiyadan gumondor yoki gumondorlar borasida biron maʼlumot olishmagan.

RIA Novosti Oʻzbekiston xavfsizlik xizmatlaridagi oʻz manbasidan iqtibos keltirgan. "Maʼlumotni olganimizda, oʻzbek tarafi unga asoslanib ishlay boshlaydi, bunday holatda muayyan qoidalarga boʻysunilishi kerak", - deb aytgan Oʻzbekistondagi manba.

Oʻzbekistondagi matbuotda mazkur gumondor haqida biron maʼlumot berilmadi.

Turkiya matbuoti Istanbuldagi qotilning Qirgʻiziston yoki Oʻzbekiston ekaniga ishonch borligini yozmoqda.

Turk politsiyasi Istanbulning Zaytunburni mavzeʼsidagi oʻzbek muhojirlari yashaydigan mahallada reyd oʻtkazgani haqida xabarlar olingan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdoʻgʻonga Istanbuldagi hujum yuzasidan hamdardlik yoʻllagan.

Ayni damda Turkiya politsiyasi uning Xitoy sharqidagi Shinjon hududidan boʻlishi ehtimolini ham tergov qilyapti.

"Islomiy davlat" ekstremistik guruhi tungi klubga hujum uchun masʼuliyatni oʻz zimmasiga olgan.

Guruh nomidan eʼlon qilingan bayonotda aytilishicha, "xalifalik askari nasroniylar bidʼat bayramni qutlayotgan klubga hujumni amalga oshirgan".

Istanbuldagi Reina tungi klubidagi hujumda 39 kishi halok boʻlgan, 40 odam yaralangan, ulardan ayrimlarining aholi jiddiy.

Hujumchi yashirinishga muvaffaq boʻlgan, politsiya qidiruv amaliyotlarini olib bormoqda.

Qurbonlar orasida 16 nafar xorijlik, jumladan, Saudiya Arabistoni, Isroil, Livan, Iordaniya, Frantsiya va Belgiya fuqarolari bor.

Avvalroq Istanbul shahar hokimi Vasip Shohin halok boʻlganlardan birining politsiya xodimi ekanini aytgandi.

U hujumni terrorchilik amali deb atagan.

Xabarlarga koʻra, hujum yuz bergan payt klub ichkarisida bir necha yuz kishi boʻlgan.

NTV telekanalining xabar berishicha, ayrim odamlar oʻzlarini qutqarish uchun vahima ichida Bosfor boʻgʻoziga sakrashgan.

BBCning Istanbuldagi muxbiriga koʻra, tungi klub nafaqat mahalliy, balki xorijliklar orasida ham mashhur boʻlgan.

Turk politsiyasi Istanbulning Zaytunburni mavzeʼsidagi oʻzbek muhojirlari yashaydigan mahallada reyd oʻtkazgani haqida xabarlar olingan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdoʻgʻonga Istanbuldagi hujum yuzasidan hamdardlik yoʻllagan.

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - uzbekbbclondon

bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring