Germaniyada Gitler asari savdosi qizigan

Mayn Kampf Image copyright AFP
Image caption Natsistlar davrida chop etilgan "Mayn Kampf". U Gitlerning irqiy toqatsizligi manifesti edi

Germaniyada bir yil avval Adolf Gitlerning "Mayn Kampf" kitobini chop etishni boshlagan nashriyot savdo qizib ketganini bildirdi.

Mazkur anti-semitik manifestning mahsus tahrir etilgan variantining shu kungacha 85 ming nusxasi sotilgan.

"Savdo koʻrsatkichlaridan yoqa ushlab qoldik", - deydi noshir Andreas Virshing.

Virshing Myunxendagi Zamonaviy tarix instituti (IfZ) direktoridir.

Yanvar oxirida IfZ Gitler asarining oltinchi nashrini taqdim etadi. Unga olimlarning tanqidiy fikrlari ilova qilinadi.

Natsistlar anʼanasidan farqli oʻlaroq, mazkur "Mayn Kampf" (Mening Kurashim) kitobining muqovasida Gitlerning surati yoʻq. Germaniyada svastika va boshqa natsist ramzlar man etilgan.

Kitob frantsuz tilida ham nashr etilishi kutilmoqda.

Bu mubohasali asarning chop etilishini yahudiy guruhlar qoralashgan.

"Mayn Kampf" Gitler hokimiyat tepasiga kelishidan sakkiz yil avval - 1925 yilda chop etilgandi.

Unda natsistlarning irqchi gʻoyalari belgilangan. Kitobdan ilhomlangan natsistlar soʻngra uni hayotga tadbiq etib, yahudiy va slavyanlarni qirishgan.

Natsistlar Germaniyasi 1945 yilda magʻlub etilganida Ittifoqchi kuchlar kitob uchun mualliflik huquqini Bavariya shtatiga topshirgandilar.

Germaniya qonunlariga koʻra, mualliflik huquqi 70 yil davom etadi.

Bavariya hukumati mualliflik huquqiga ega boʻlsa-da, asarni chop etish man etilgandi. Ammo, bir yil avval bu mualliflik huquqi muddati nihoyasiga yetdi.

Virshing "Hammasiga Gitler aybdor" degan qarashga qarshi ekani va asar maktablarda "aqlli" oʻqituvchilar tomonidan oʻqitilishi tarafdori ekanini bildirgan.

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - uzbekbbclondon

bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring