Italiya politsiyasi qochqinlar gʻalayonini bostirdi

Qochqinlar markazi Image copyright Getty Images
Image caption Qochqinlar markazida sharoitlar yomonligidan shikoyatlar qilingan

Italiya politsiyasi Venetsiya shahri yaqinidagi muhojirlar markazida tartibbuzarliklar bostirilganini maʼlum qildi.

Aytilishicha, markazning tashqariga chiqa olmay qolgan 25 xodimini ozod qilishga muvaffaq boʻlingan.

Italiya shimoli-gʻarbidagi sobiq raketa bazasiga joylashtirilgan muhojirlarni qabul qilish markazidagi gʻalayon dushanba kuni boshlangandi.

Gʻalayonga boshpana izlovchi ayolning oʻlimi sabab boʻlgan.

Qochqinlar uning oʻlimida markaz xodimlarini ayblashgan.

Ayolga uzoq vaqt tibbiy yordam koʻrsatilmaganidan norozi boʻlgan muhojirlar mebellarga oʻt qoʻyganlar.

Avval ham mazkur markada norozilik namoyishlari boʻlgan.

Unda qochqinlar yomon sharoitlarda ushlab turilganlaridan shikoyat qilgandilar.

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - uzbekbbclondon

bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring