Turkiya reydlarida uygʻurlar hibsga olindi

Hibsga olingan uygʻurlar hujumchiga yordam berganlikda gumon qilinadilar Image copyright Reuters
Image caption Hibsga olingan uygʻurlar hujumchiga yordam berganlikda gumon qilinadilar

Turkiya davlat matbuotiga koʻra, tungi klubda 39 odamning umriga zomin boʻlgan hujumga bogʻliqlikda bir necha uygʻurlar hibsga olinganlar.

Anadoʻlu xabar agentligiga koʻra, hibsdagilar Xitoyning Shinjon hududidan boʻlib, hujumchiga aloqador deb koʻriladi.

Maxsus kuchlar Istanbul tashqarisida dengiz boʻyida joylashgan Selimpasha tumanidagi mahallada tonggi reydni amalga oshirganlar.

Hibsga olingan uygʻurlar hujumchiga yordam berganlikda gumon qilinadilar.

Bosh Vazir muovini Veysi Qaynaq ham gumondor uygʻur ekani va unga boshqalar yordam bergan boʻlishi mumkinligini aytgan.

Politsiya yangi yilga oʻtar kechasi yuz bergan hujumga bogʻliqlikda allaqachon oʻnlab odamlarni hibsga olgan, ammo asosiy gumondor ozodlikda qolayapti.

Hukumat hujumchi mamlakatni tark etishini bartaraf qilish uchun chegaralarni mustahkamlagani xabar qilinadi.

Turkiya matbuoti gumondorning suratlarini chop etdi va bu suratlar politsiyadan olinganini bildirdi. Ammo, politsiya hech qanday surat yo rasmiy maʼlumotni chop qilmadi.

Tashqi ishlar vaziri Mehmet Chovushoʻgʻlining aytishicha, huquq-tartibot idoralari hujumni kim amalga oshirganini biladi.

Ayni paytda vazir hujumchining shaxsiga oid hech qanday maʼlumotni oshkor qilmagan.

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - uzbekbbclondon

bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring