Mirziyoyev poraxoʻr shifokorlarni yoʻq qila oladimi?

Tibbiy xodimlar muntazam ravishda paxta terimiga jalb etiladi Image copyright Eltuz
Image caption Tibbiy xodimlar muntazam ravishda paxta terimiga jalb etiladi

Sogʻliqni saqlash sohasi Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning navbatdagi tanqidiga uchragan soha boʻldi.

Sogʻliqni saqlash vazirligi va yetakchi tibbiy muassasalar rahbariyati bilan uchrashgan Prezident Mirziyoyev mazkur sohani isloh qilish hukumat siyosatining eng muhim jihati ekanini taʼkidladi.

Oʻzbekiston kanali orqali namoyish etilgan uchrashuvda Mirziyoyev mustaqillikka erishilganidan beri sogʻliqni saqlash sohasida qator ijobiy choralar koʻrilganini aytar ekan, qator muammolar ham yuzaga chiqqanini aytdi.

"Bu muammolar xalq sogʻligʻini yaxshilash va xalqni yuqori darajali tibbiy xizmat bilan taʼminlashga salbiy taʼsir qilmoqda", - dedi davlat rahbari.

Ayni damda Mirziyoyev oʻz virtual qabulxonasiga aynan kasalxonalardagi abgor xizmat yuzasidan 7 mingta shikoyat kelib tushganini bildirdi.

U, shuningdek, baʼzi shifokorlarni beparvolik, qogʻozbozlik va korruptsiyada aybladi.

Oʻzbekiston sogʻliqni saqlash sohasi mamlakatdagi eng korruptsiyaga botgan sohalardan biridir.

Shifokor va hamshiralar odatda poraxoʻrlikka ularning nochor maoshlari sabab ekanini aytadilar.

Mustaqillik yillarida kasalxonalar va tibbiy muassasalarni davlat tomonidan moliyalash va jihozlash kam keskin kamaygan. Tibbiy xodimlar esa muntazam ravishda paxta terimiga jalb etiladilar.

Mirziyoyev bu muammolarni qanday yechish va aynan qanday islohotlar amalga oshirilishi kerakligiga toʻxtalmadi.

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - uzbekbbclondon

bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring