Rossiya bolalar ombudsmeni: "Oʻzbek qizcha onasiga qaytarilishi kerak"

Nilufar Mamasaidova
Image caption Nilufar Mamasaidova hozir Moskvadagi Oʻzbekiston elchixonasida zarur hujjatlarni tayyorlayotgani aytiladi

Rossiya Prezidentining bolalar huquqlari boʻyicha vakili Anna Kuznetsova Moskva politsiyasi tomonidan olib qoʻyilgan bir yasharlik qizcha oʻzbekistonlik onasiga qaytarilishi kerakligini aytgan.

"Bolani olib qoʻyish uning hayoti va salomatligiga tahdid paydo boʻlgan payt qoʻllanadigan oxirgi chora. Hozir onasiga qizchasi bilan koʻrishishiga yordam berish, uning onasiga qaytarilishi uchun barcha sharoitlarni yaratish zarur", - deya Kuznetsovaning soʻzlaridan iqtibos keltirgan "RIA Novosti" agentligi.

Uning soʻzlariga koʻra, hozirda qizaloq Moskvadagi yuqumli kasalliklar shifoxonasida, onasi uni hujjatlarni rasmiylashtirgandan keyin borib koʻrishi mumkin.

Bolalar huquqlari boʻyicha ombudsmenning bildirishicha, onasi Nilufar Mamasaidova hozir Moskvadagi Oʻzbekiston elchixonasida zarur hujjatlarni tayyorlash bilan band.

Moskvadagi muxbirimizga koʻra, Oʻzbekiston elchixonasi voqeadan xabar topgach, vaziyatga mudoxala qilgan va uning onasi hamda himoyachisi bilan yaqin aloqada.

2016 yilning 26 dekabr kuni Moskvaning Kuznetsov tuman ichki ishlar boʻlimi xodimlari Oʻzbekiston fuqarosi Nilufar Mamasaidovaning bir yashar qizchasini olib qoʻyishgan.

Mamasaidovaning BBCga aytishicha, u ikki yildan buyon Rossiyada yashab keladi va qizi ham Rossiyada tugʻilgan.

Dekabr oyida uning hujjatlarini oʻgʻirlab ketishgan.

U Kuznetsov tuman politsiyasiga ariza bilan murojaat qilgan.

Politsiya xodimlari Nilufar Mamasaidovaning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari yoʻqligini koʻrgach, bolani olib ketishga qaror qilganlar, onani esa uch kunga vaqtincha tergov hibsxonasiga qamab qoʻyishgan.

Moskvadagi muxbirimizga koʻra, Nilufar Mamasaidova politsiyaning noqonuniy harakatlari yuzasidan prokuraturaga shikoyat arizasi topshirgan.

Nilufar Mamasaidova bilan intervьyuni mana bu link orqali tomosha qilishingiz mumkin.

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - uzbekbbclondon

bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring