Rossiya Suriyadagi kuchlarini qisqartira boshladi

Rossiya Suriyadagi harbiy amaliyotini 2015 yil kuzida boshlagandi Image copyright AP
Image caption Rossiya Suriyadagi harbiy amaliyotini 2015 yil kuzida boshlagandi

Rossiya mudofaa vazirligi Prezident Vladimir Putin farmoyishi bilan Suriyadagi qurolli kuchlar koʻlamini qisqartira boshladi.

Mojaro hududini birinchi boʻlib Rossiyaning qiruvchi uchoq tashuvchi "Admiral Kuznetsov" nomli yagona kemasi boshchiligidagi kemalar tark etadi.

Putin Rossiyaning Suriyadagi harbiy ishtirokini kamaytirish haqida mudofaa vazirligi bilan 29 dekabrda kelishgandi.

Ayni kuni Kreml Suriya hukumati va qurolli muxolifat janglarni toʻxtatish va tinch muzokaralar olib borishga kelishganini maʼlum qilgandi.

31 dekabrda BMTning Xavfsizlik kengashi Suriyada otashkesim eʼlon qilish va muzokaralarni boshlash borasidagi Rossiya tayyorlagan rezolyutsiyani bir ovoz bilan qabul qilgandi.

Tinchlik muzokaralari shu oy Qozogʻiston poytaxti Ostonada boshlanishi moʻljallangan, ammo bir qator guruhlar allaqachon Suriya hukumatini otashkesimni buzishda ayblab, ishtirok etmasliklarini bildirganlar.

Rossiya Suriyadagi harbiy amaliyotini 2015 yil kuzida boshladi.

Putin bu amaliyotlar Suriya Prezidenti Bashar Assadning taklifi asosida amalga oshirilayotganini aytgandi.

Rasmiy maʼlumotga koʻra, Suriyada Rossiyaning 23 harbiysi halok boʻlgan.

Ularning oxirgisi harbiy maslahatchi polkovnik Ruslan Galitskiy boʻldi.

Dekabr boshida esa Halab yaqinidagi rossiyalik tibbiy xodimlar lagerida boʻlgan ikki hamshira halok boʻlishgani maʼlum boʻlgan.

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - uzbekbbclondon

bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring