Turkiya: Hujumchi oʻzbek, deyilmoqda

Image caption Istanbulning Reina tungi klubi hujumchisi oʻzbek boʻlishi mumkin, deyilmoqda.

Turkiyadagi kundalik nashrlar, xususan, "Hurriyet" va "Milliyet" gazetalari Reina hujumchisining asli oʻzbek ekanligini yozishmoqda.

Ayni damda, bu uning millati oʻzbekligini anglatadimi yoki Oʻzbekiston fuqarosi ekanliginimi - bir qadar mavhum.

Oxirgi kunlarda Turkiya xavfsizlik xizmatlari Istanbulning Markaziy Osiyo mamlakatlari fuqarolari va uygʻurlar yashaydigan mavzesida bir nechta xorirjlikni qoʻlga olishgani haqida xabarlar tarqalgan.

Ammo ular hozir qoʻyib yuborilganmi va yoki rasmiy ayblovlarga roʻbaru kelishayaptimi - maʼlum emas.

Yangi yil oqshoimi Istanbulning tungi klublaridan biriga qilingan hujum keyingi yillarda Turkiyada sodir etilayotgan zoʻravonlikliklar ichida eng qaqshatqichlaridan biri boʻldi.

Bir necha xorrijlik doxil 39 inson hayotdan koʻz yumdi. Ammo talotoʻpda hujumchi qochib qolishga ulgurgan va hamon qidirilmoqda.

Hujum uchun masʼuliyatni IShID oʻz boʻyniga olgan. Lekin hujumchining asil millati hamda fuqaroligiga oid bildirilgan qator daʼvo va xabarlar oʻzini oqlamagandi.

Avvaliga, Turkiyadagi baʼzi nashrlar hujumchining qirgʻizistonlik boʻlishi mumkinligini aytishgandi.

Ayrimlari hatto hujumga aloqasiz bir tojirning suratini ham nashr qilishgan. Bu esa oʻz oʻrnida Qirgʻizistonda norozilik uygʻotmay qolmadi.

Keyinroq uning uygʻur ekanligi ehtimoli bildirilgan. Biroq bu ham hali faqat faraz boʻlib qolmoqda.

Turkiyada tez-tez sodir etilayotgan hujumlar uchun koʻp hollarda yoki PKK kurd jangarilari, yoki IShID aybdor deb koʻriladi.

IShID safida Markaziy Osiyo mamlakatlaridan chiqqan jangarilar soni bir necha mingni tashkil etishi aytiladi.

Istanbul hujumi uchun masʼuliyatni boʻyniga olarkan, IShID Turkiyaning Suriyadagi amaliyotlari uchun qasos olayotganini aytgan.

Би-би-си Ўзбек хизмати билан Whatsapp, Telegram ва Viber орқалибоғланишни истасангиз, телефонимиз:+44 78-58-86-00-02

ТЕЛЕГРАМДА ЭСА каналимиз - https://telegram.me/bbcuzbek

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - uzbekbbclondon

bbcuzbek.comга тўсиқ бўлса, uzbekweb.netга киринг

Bu mavzuda batafsilroq