Rossiyadagi oʻzbek qizcha hali ham onasiga berilmadi

Mamasaidova ayni damda sudga tortilishi kutilmoqda
Image caption Mamasaidova ayni damda sudga tortilishi kutilmoqda

Oʻzbekiston elchixonasi va Rossiya bolalar ombudsmani aralashuviga qaramay, Nilufar Mamasaidovaning kasalxonada saqlanayotgan farzandi unga hali ham qaytarilgani yoʻq. Mamasaidova ayni damda sudga tortilishi kutilmoqda. Uning politsiya idorasidan qilgan bayonotini koʻrish uchun mana bu yerga bosing.

5 yanvar kuni Nilufar Mamasaidovaga Oʻzbekistonning Moskvadagi elchixonasi tomonidan tezkorlik bilan shaxsini tasdiqlovchi maʼlumotnoma tayyorlanib taqdim etildi.

Shu kunning oʻzidayoq Mamasaidova himoyachisi hamrohligida bolani olish yoki koʻrishga ruxsat berishlari uchun poytaxt 1-yuqumli kasalliklar kasalxonasiga borishdi.

Bosh shifokor Yevgeniy Vlasov oʻzbek qizchaning salomatligi yaxshiligi va kasalxona maʼmuriyatining oʻzi ham nima uchun bolani yuqumli kasalliklar shifoxonasiga keltirilganligiga ajablanishini bildirdi. Shu bilan birga ona va bolani koʻrishishiga ruxsat berishni ham rad etdi.

-Manija ismli 1 yoshli qizcha politsiya tomonidan "qarovsiz bola" sifatida rasmiylashtirilib yuborilgan. Bola endigina oʻziga keldi. Onasi bilan koʻrishish uning sogʻligiga yomon taʼsir qilishi mumkin. Zarur xujjatlarni olib kelgachgina, onani ichkariga kirishiga yoki olib ketishiga ruxsat berishimiz mumkin, dedi shifokor Vlasov.

Yurist Bahrom Ismailov politsiya xodimlarining qizchani "qarovsiz" deya rasmiylashtirganligini xujjatlarni soxtalashtirish, deb topdi va bu holat yuzasidan Kuntsevo tuman prokuraturasiga ariza bilan murojaat etdi.

-Onasi bilan birga yashagan, xatto, Nilufar politsiya boʻlimiga borganida onasining qoʻlida boʻlgan emizikli qizcha qanday qilib "qarovsiz" boʻlishi mumkin?! - deya izohladi yurist.

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - uzbekbbclondon

bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring