Rossiya: "AQSh ayblovlaridan charchadik"

Dmitriy Peskov Image copyright Getty Images

Rossiya rasmiylarining aytishlaricha, AQShning "prezidentlik sayloviga taʼsir koʻrsatish uchun Rossiya hakerlik hujumiga qoʻl urganligi" haqidagi ayblovlar "balogardon qidirish" amaliga oʻxshaydi.

Kreml matbout kotibi Dmitriy Peskovga koʻra, "Moskva bu kabi ayblovlardan charchagan".

Uning daʼvo qilishicha, AQSh josuslik xizmati tomonidan hakerlik hujumi yuzasidan chiqarilgan xulosalar asossizdir.

Bu rossiya rasmiy doiralarining hisobot chiqarilgan oʻtgan juma kunidan beri ilk munosabatidir.

Ommaga oshkor etilgan hisobotda aytilishicha, Rossiya prezidenti Vladimir Putin Amerikadagi saylovlar natijalariga daxl qilish maqsadida Donald Trampning Demokratlar partiyasidan raqibi Hillari Klinton elektron maktublari tizimiga hujum qilishga shaxsan buyruq bergan.

Janob Peskovning aytishicha, Moskva har qanday hakerlik hujumiga aloqasi borligini qatʼiyan rad etadi.

"Hech qanday dalillarga ega boʻlmagan asossiz ayblovlar avvaldan tayyorlangan havoskarlik yoʻlida, mutlaqao noprofessional ravishda taqdim etilgan. Ular qanday maʼlumotlarga asoslanayotganini ham bilmaymiz", degan janob Peskov.

AQSh tomonidan chiqarilgan hisobotning asosiy nuqtalari:

  • "AQShdagi demokratik jarayonlarga omma ishonchini yoʻqotish va Hillari Klinton obroʻsini toʻkish maqsadida" Kreml "saylovlarda janob Tramp gʻolib chiqishi tarafdori boʻlgan".
  • Rossiya harbiy josuslik xizmati Demokratlar Milliy Qoʻmitasi va partiyaning yetakchi aʼzolari elekton maktub tizimiga hakerlik orqali kirib borgan.
  • Ular WikiLeaks, DCLeaks.com and Guccifer 2.0 kabilar vositasida qoʻlga kiritgan maʼlumotlarini oshkor qilganlar
  • Ular shuningdek, davlat nazorati ostidagi targʻibot tizimidan foydalanganlar va Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari yoki "trollar"ga haq toʻlab "haqorat kampaniyasi"ni olib borishgan.

Saylovlar natijalariga taʼsir boʻlmagan

Janob Tramp oʻtgan hafta New York Times roʻznomasiga bergan intervyusida hakerlik ayblovlarini rad etish uchun "balogardonlarni izlash" iborasini qoʻllagandi.

U bu ayblovlarni oʻtgan noyabr oyida saylovlarda gʻalabaga erishgan vaqtidan beri rad etib kelmoqda.

Lekin janob Tramp devonining yangi tayinlangan rahbarining Fox News Sundayga aytishicha, Donald Tramp juma kuni unga taqdim etilgan hisobot xulosalarini tan olgan.

Janob Tarmp oʻzining juma kungi Milliy Josuslik Xizmati rahbari Jeyms Klapper va Markaziy Josuslik Xizmati rahbari Jon Brennan, shuningdek, Federal Qidliruv Xizmati rahbari Jeyms Komeylar bilan uchrashuvini "konstruktiv" deya taʼriflab, prezidentlikka kirishgan vaqtidan 90 kun mobaynida hakerlik hujumlarini qanday qilib toʻxtatish rejasini ishlab chiqishni soʻrashi haqida aytgan.

Lekin AQShning yangi saylangan prezidenti Rossiyani alohida ayblamagan va "qator mamlakatlar, guruhlar va shaxslar hukumat idoralari, bizneslar, jumladan Demokratik Milliy Qoʻmita doxil tashkilotlarga mutassil ravishda daxl qilishga urinmoqdalar", deb aytgan.

Prezident sifatida qasamyod etishiga qadar 2 hafta qolar ekan janob Tramp hakerlik hujumlariga nisbatan javobiy choralar ishlab chiqish bosimi ostidadir.

Prezident Obama allaqachon chora sifatida 35 nafar Rossiya diplomatini mamlakatdan chiqarib yuborgan. Lekin Rossiya bu kabi amalga bormasligini bildirgan.

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - uzbekbbclondon

bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring