Yevropada qahraton qish oʻlimga sabab boʻlmoqda

Rimdagi favvoralar muzlab qoldi Image copyright AFP/Getty Images
Image caption Rimdagi favvoralar muzlab qoldi

Yevropada qahraton qish tufayli nobud boʻlganlar soni 20dan oshdi. Yakshanba kuni Polьshada 10 kishi sovqotib oʻlganlar. Turkiya-Bolgariya chegarasi yaqinida uch muhojir: ikki iroqlik va bir somalilikning jasadlari topildi.

Italiya, Chexiya va Ukrainada ham keskin tushib ketgan harorat insoniy talofotlarga sabab boʻlgan.

Rossiyaning baʼzi hududlarida harorat -40qa tushgan.

Moskvada 7 yanvar kuni oxirgi 120 yil ichidagi eng sovuq Rojdestvo bayrami nishonlandi.

Rossiya boʻylab koʻplab parvozlar bekor qilingan.

Mamlakatdagi koʻplab maktablar yopilgan, lekin rasmiylar kelgusi bir necha kun ichida havo iliqlashishini bashorat qilyaptilar.

Turkiyada Bosfor boʻgʻozidagi kemalar qatnovi qor boʻroni tufayli toʻxtatib qoʻyildi. Hatto Gretsiya orollarini ham qor qoplagan.

Italiyada 7 kishi muzlab oʻlishi oqibatida uysiz odamlar boshpanalari kechayu kunduz odamlarni qabul qilyapti.

Pragada ham qishning eng sovuq kuni qayd etilar ekan, Chexiya rasmiylari uch kishi nobud boʻlganini xabar qilishdi.

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - uzbekbbclondon

bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring