Oʻzbek migrant onaga qizchasi qaytarildi

Mamasaidova oʻz uyiga oʻgʻri tushgani, oʻgʻrilar barcha hujjatlarini oʻmarganini aytgandi
Image caption Mamasaidova oʻz uyiga oʻgʻri tushgani, oʻgʻrilar barcha hujjatlarini oʻmarganini aytgandi

Oʻn besh kun avval onasidan olib qoʻyilgan 1 yashar Manija nihoyat onasiga - Oʻzbekiston fuqarosi Nilufar Mamasaidovaga qaytarib berildi.

Nilufar Mamasaidovaning qizi hujjatsiz boʻlgani uchun Moksva politsiyasi tomonidan 26 dekabrda olib qoʻyilgan va yuqumli kasalliklar kasalxonasiga yotqizilgandi.

Mamasaidova oʻz uyiga oʻgʻri tushgani, oʻgʻrilar barcha hujjatlarini oʻmarganini aytgandi.

Ona endilikda migratsion qoidalarni buzgani uchun sudga tortiladi.

Bugun boʻlib oʻtgan sud ishi qoldirilgan.

Rossiya rasmiylariga koʻra, u oʻz ish ruxsati muddati tugaganiga qaramay, ishlab kelgan.

Onaning oʻz farzandi bilan diydorlashgani aks etgan videoni koʻrish uchun mana bu yerga bosing.

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - uzbekbbclondon

bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring