Менинг акам Президент
Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Video - Mening akam Prezident

AQShning muddati tugayotgan prezidenti Barak Obamaning singlisi Maya Soyetoro-Ng akasining ikki muddatlik prezidentligiga guvoh boʻlgan.

Uning BBCga aytishicha, prezidentlik akasini "donoroq" qilgan.

"Lekin "omma eʼtibori markazida boʻlishni" vazifasidan ketganidan keyin sogʻinmasa kerak", deydi Maya.

MENING AKAM PREZIDENT

Maya Soyetoro-Ng ning akasi Barak Obama ikki muddat prezidentlik vazifasini bajardi.

"Onam bizni tarbiyalab, yetishgan marralarimizga yetish uchun ko'plab imkonlarni yaratgan.

Lekin shuni ham aytish kerakki, akam do'stlarini ham juda sevadigan oddiy odam edi.

Yoshi ulg'aygandan keyin jiddiylashib, o'ngida turgan vazifalarni anglay boshladi.

Davlat, xalq, jamiyat o'ngida turgan vazifalarga e'tibor qarata boshladi.

Albatta o'zgardi. Anchayin donoroq bo'ldi.

Lekin inson va munosabat sohasida u shunday insonki, o'zi ishongan va qadrlagan qadriyatlarni yetkaza oladi.

Ana shu ma'noda ko'p ham o'zgarmagan.

U hammaning e'tibor markazida bo'lishni sog'inmaydi.

Fikrimcha u ishlashni davom ettiradi.

Nutqlar qiladi... va umid qilamanki, nihoyat ozgina bo'lsa ham dam oladi".

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - uzbekbbclondon

bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring