Video - Jahon chempionati: "Oʻzbekistonda xursandchilik..."

Futbol muxlisi Image copyright EPA

Toshkentdan taniqli futbol sharhlovchisi Abror Imomxoʻjayevning BBC Oʻzbek Xizmati bilan suhbatida aytishicha, FIFAning futbol boʻyicha jahon chempionati ishtirokchilari sonini 16 taga oshirish qarori Oʻzbekiston futbol ahli orasida xuddi ana shunday qarshi olingan.

(Videolavhani BBCUZBEK YouTube kanalida tomosha qiling)

2026 yildan boshlab, jahon chempionligi uchun avvallari boʻlganidek 32 ta emas, jaʼmi 48 ta milliy terma jamoa kurash olib boradi.

Milliy terma jamoalar uchtadan boʻlib, 16 ta guruhga boʻlinishadi: guruh bosqich saralash bellashuvlarida eng yaxshi natija qayd etgan ikkitadan milliy terma jamoa pley-off bosqichiga chiqish haqqiga ega boʻlishadi.

Bu haqda bugun - 10 yanvar kuni FIFA matbuot xizmati rasman maʼlum qilgan.

Yangi tartib-qoidaga muvofiq, Osiyo qitʼasiga yana toʻrtta qoʻshimcha yoʻllanma ajratiladi va jaʼmi yoʻllanmalarning soni 8.5 taga yetadi.

Suhbatdoshimizning aytishicha, "bu - Oʻzbekistonning futbol boʻyicha jahon chempionatiga chiqishi uchun yaxshi imkoniyat yaratadi".

Eslatib oʻtish joiz, oʻz tarixida ikki gal saralash bosqich bellashuvlarining pley-off bosqichiga koʻtarilgan esa-da, Oʻzbekistonga halicha jahon chempionatiga chiqish nasib etmagan.

Toshkentdagi kayfiyat va Oʻzbekiston milliy terma jamoasining yangi imkoniyatlaridan ogoh boʻlish uchun taniqli sharhlovchi Abror Imomxoʻjayev bilan suhbatimizni nazardan qochirmang.

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - uzbekbbclondon

bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring