Kobulda qaqshatqich hujum: 30 qurbon

Kobulda yaradorlar kasalxonaga olib ketilmoqda Image copyright Reuters
Image caption Kobuldagi zoʻravonlik soʻnggi oylardagi eng qaqshatqich hujumlardan biri boʻldi

Afgʻoniston poytaxti markazida, parlament binosi oldida sodir etilgan ikkita bomba hujumida kamida 30 inson nobud boʻldi.

Rasmiylarga koʻra, yaradorlar soni 80 nafarga yetadi.

Hujum kechki payt, odamlar ishdan qaytayotgan gavjum pallada uyushtirilgan.

Hodisa ortidan bir necha daqiqa oʻtar-oʻtmas, Tolibon hujum uchun masʼuliyatni oʻz boʻyniga oldi va Afgʻon xavfsizlik xodimlarini nishonga olishganini urgʻuladi.

Aksar qurbonlar tinch fuqarolar boʻlib, oralarida parlamentda ishlaydigan xodimlar ham bor.

Guvohlarga koʻra, avvaliga avtomashina portlatilgan, keyin odamlar yigʻilgan joyga piyoda kelgan xudkush hujumchi oʻzini portlatib yuborgan.

Afgʻonistondagi manbalarga binoan, Milliy Xavfsizlik Xizmati tuman rahbarlaridan biri ham qurbon boʻlgan. Hirotlik deputat Rahima Jomiy esa yarador boʻlgan.

Biroz oldinroq janubdagi Helmand viloyatida ham xudkush hujumchi 11 inson umriga zavol boʻlgandi. Bunda ham hujumchi xavfsizlik xodimlari yashaydigan mehmonxonani nishonga olgan.

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - uzbekbbclondon

bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring

Bu mavzuda batafsilroq