Tramp Rossiyada kompromat borligini rad etdi

AQSh Xavfsizlik agentliklari Kreml Tramp gʻalabasi uchun kurashganiga ishonadi Image copyright AP
Image caption AQSh Xavfsizlik agentliklari Kreml Tramp gʻalabasi uchun kurashganiga ishonadi

AQSh matbuotida Donald Trampga qarshi kompromat materiallarni Rossiya maxfiy agentliklari qoʻlga kiritgani haqida chiqqan xabarlarni Trampning oʻzi "siyosiy ov" deya qoraladi.

Tasdiqlanmagan daʼvolarga koʻra, Rossiya agentliklarida Trampni uyatga qoʻyadigan maʼlumotlar bor.

Tramp oʻz tvitter sahifasida bu xabarlar mutlaqo soxta va siyosiy ov ekanini yozdi.

Tramp chorshanba kuni - prezidentlik kursisiga oʻtirishidan toʻqqiz kun avval matbuot anjumanini oʻtkazishi kutiladi.

Anjuman Trampning biznes manfaatlaridan siyosiy lavozimini qanday ayri tutishi haqida boʻlishi moʻljallangandi.

Ammo, aftidan aksar savollar endi Rossiyadagi maʼlumotlar haqida boʻladi.

Maʼlumotlar Trampning shaxsiga tegishli ekani, hamda uning prezidentlik kampaniyasi va Moskva oʻrtasidagi maxfiy muloqotni oʻz ichiga olishi aytiladi.

AQSh Xavfsizlik agentliklari bu maʼlumotlarni Trampning oʻzi va Barak Obamaga taqdim qilganlari xabar qilinmoqda.

Ammo, AQSh Xavfsizlik agentliklari bu xabarlarni na tasdiqladi yo na rad etdi.

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - uzbekbbclondon

bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring